2021 yil davomida Xbox pristavkalari uchun chiqadigan 31 ta eksklyuziv o‘yin

  •   DiMaX
  •  327
  •  19.01.2021 11:37

2021 yil davomida Xbox pristavkalari uchun chiqadigan 31 ta eksklyuziv o‘yin

Microsoft korporatsiyasining Xbox o‘yin konsollari ham jahon bo‘ylab ommalashgan va PlayStation pristavkalarining asosiy raqibi hisoblanadi. Xbox matbuot xizmati joriy yilda faqat ushbu platforma uchun taqdim etiladigan o‘yinlarni e’lon qildi.

O‘QING: PlayStation 5 sirini raqobatchi – Xbox rahbari fosh etdi

Ro‘yxatga o‘ttiz bitta o‘yin kirgan, ammo ularning aksariyati indi-loyihalar bo‘lib, yirik o‘yinlar kam. Shunga qaramay, ayrimlari juda o‘ziga xos, masalan – Twelve Minutes nomli interfaol triller. Unda bir xonadon ahli o‘n ikki daqiqalik «sug‘ur kuni»dan chiqib keta olmay qolgan bo‘lib, geymer vaziyatdan chiqish yo‘lini topishi kerak.

Xullasi kalom, joriy yil mobaynida quyidagi o‘yinlardan faqat Xbox o‘yin pristavkalari egalari zavq olishlari mumkin bo‘ladi:

  1. Adios
  2. The Artful Escape
  3. The Ascent
  4. The Big Con
  5. CrossfireX
  6. Dead Static Drive
  7. Echo Generation
  8. ExoMecha
  9. Exo One
  10. The Gunk
  11. Halo Infinite
  12. The Last Stop
  13. Lake
  14. Little Witch in the Woods
  15. The Medium (28 yanvarda chiqadi)
  16. Microsoft Flight Simulator (yozda chiqadi)
  17. Psychonauts 2
  18. RPG Time
  19. Sable
  20. Scorn
  21. She Dreams Elsewhere
  22. Shredders
  23. Song of Iron
  24. Tunic
  25. Twelve Minutes
  26. Unexplored 2: The Wayfarer’s Legacy
  27. Warhammer 40K: Darktide
  28. Way to the Woods
  29. The Wild at Heart
  30. The Yakuza Remastered Collection (yanvarda chiqadi)
  31. Yakuza 6: The Song of Life (25 martda chiqadi)

Afsuskin, geymerlar orziqib kutayotgan Forza poygalarining keyingi versiyasi, Fable o‘yinining to‘rtinchi qismi bu ro‘yxatga kirmagan. Ular bu yil Xbox uchun chiqish-chiqmasligi hozircha noma’lum.

Yuqoridagi ro‘yxatga kirgan eksklyuziv o‘yinlarning har biri haqida (ingliz tilida) to‘liqroq ma’lumot olish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Metacritic reytingi: 2020 yilning eng zo‘r beshta o‘yini (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!