2021-yil sarhisobi: Samsung'ning muvaffaqiyati hamda muvaffaqiyatsizligi nimada?

2021-yil sarhisobi: Samsung'ning muvaffaqiyati hamda muvaffaqiyatsizligi nimada?

2021-yilda komponentlarning yetishmovchiligi aksariyat kompaniyalarga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Bu o‘z navbatida ba’zi smartfon va gadjetlarning taqdimot sanasining kechikishiga yoki qurilmalarning umuman taqdim etilmasligiga sabab bo‘ldi. 

O‘QING: Yana uchta Galaxy smartfoni barqaror One UI 4.0 grafik qobig‘iga o‘tadi 

Samsung bu yil ham smartfonlar savdosida gegimonlikni hech kimga bermadi. Kompaniya 2021-yilni Galaxy S21 seriyasini taqdim etishdan boshladi. Avgust oyida esa kompaniya Galaxy Z Fold 3 va Galaxy Z Flip 3 buklamafonlari hamda Galaxy Tab S7 seriyadagi planshetlarini taqdim etdi. 

Shuningdek, yil davomida Galaxy A va Galaxy M seriyasida bir qancha smartfonlar, ikkita Galaxy Buds quloqchinlari hamda Galaxy Watch 4 seriyasi sotuvga chiqarildi.

Ba’zi qurilmalar kompaniyaga katta daromad olib kelgan bo‘lsa, ba’zilari bu borada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Keling, yaxshisi kompaniyasining muvaffaqiyat qozongan hamda muvaffaqiyat qozona olmagan qurilmalari haqida so‘z yuritamiz. 

Muvaffaqiyat: Galaxy Z Fold 3 va Galaxy Z Flip 3 

Galaxy Z Fold 3 va Galaxy Z Flip 3 yilning eng yaxshi buklanuvchi smartfonlari bo‘ldi. Yangi dizayn, mustahkamlik, IPX8 suvdan himoya standarti hamda narxning nisbatan pasayishi ushbu qurilmalarga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirdi.

Bundan tashqari, faqatgina ushbu ikki qurilma global miqiyosda sotuvga chiqdi. Xitoy kompaniyalari taqdim etgan buklamafonlar esa faqatgina Xitoy bozori uchun ishlab chiqarildi. 

1000 dollar narxdagi Galaxy Z Flip 3 hozirda eng arzon buklamafonlardan biri hisoblanadi. 

Samsung kelasi yilda ushbu ikki smartfonning kamera va akkumulyatorini yaxshilashi zarur. Galaxy Z Fold 3'ga o‘tgan yilgi Z Fold'ning kameralari o‘rnatilgan, Z Flip 3'ga esa ikki yil avvalgi kamera sensori o‘rnatilgan. Shuningdek, ikkala smartfonda ham periskop kamera mavjud emas. 

Samsung keyingi avlod buklamafonlarining displeyini ham takomillashtirishini kutib qolamiz. 

Muvaffaqiyatsizlik: Galaxy S21 va S21+ 

Kompaniyaning Galaxy S21 Ultra smartfoniga katta ahamiyat berishi seriyadagi boshqa smartfonlar bir chetda qolib ketishiga sabab bo‘ldi. Ochig‘ini aytganda, hozirda deyarli barcha kompaniyalar seriyadagi eng asosiy smartfonga ahamiyat bermoqda. Bu esa qolgan smartfonlarga bo‘lgan qiziqishning tushib ketishiga sabab bo‘lmoqda. 

Galaxy S21 smartfonining orqa paneli shisha emas, balki plastik bilan qoplangan. Bundan tashqari, S21 hamda S21+ modellari Ultra'dan farqli o‘laroq LTPO paneli hamda periskop kameraga ega emas. Shunday bo‘lsada, bu ikki qurilmani yaxshi darajadagi flagman smartfon deyish mumkin. 

Biroq raqobatchi kompaniyalarning smartfonlarini S21 hamda S21+ bilan taqqoslak, ular nisbatan yaxshiroq texnik jihatlarni taqdim etadi. 

Muvaffaqiyat: Galaxy A va Galaxy M seriyasi

Eng ommabop va xaridorgir smartfonlar Galaxy A va Galaxy M seriyasidagi qurilmalar hisoblanadi. Samsung hozirda barcha toifadagi smartfonlarni ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng mashhur brend bo‘lib turibdi. 

Ushbu seriyada Galaxy A03 Core kabi eng arzon smartfonlardan tortib, Galaxy A52s 5G kabi o‘rta toifadagi smartfonlarni uchratish mumkin. Bundan tashqari, M62 kabi smartfonlar katta hajmdagi akkumulyatorga egaligi bilan ajralib turadi. 

Muvaffaqiyatsizlik: Galaxy Note seriyasi 

2021-yilda Galaxy Note seriyasi endi ishlab chiqarilmasligi ma’lum bo‘ldi. Tog‘ri, ushbu yilda Samsung stilusni qo‘llab-quvvatlovchi S21 Ultra hamda Z Fold 3 qurilmalarini taqdim etdi. Biroq ikkala smartfonda ham Note seriyada bo‘lgan stilus uchun uya mavjud emas edi. 

Samsung katta ehtimol bilan boshqa Note seriyada smartfon ishlab chiqarmaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Galaxy S22 Ultra'da stilus uchun uya bo‘ladi. Bundan tashqari, kelasi yilgi Z Fold 4 buklamafonida ham S-Pen uchun uya bo‘lishi aytilmoqda. 

Muvaffaqiyat: Galaxy Tab S7+ 

Ushbu qurilma 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi 12.4 dyuymli AMOLED displeyi, to‘rtta AKG dinamiklari, Snapdragon 865 5G+ chipi, 10,090 mAs sig‘imli akkumulyator hamda Samsung DeX funksiyasiga ega. U, shuningdek, S-Pen'ni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Tab S7+ qurilmasini 2021 yilda ishlab chiqarilgan eng yaxshi planshetlardan biri deyish mumkin. 

Muvaffaqiyatsizlik: Quvvatlash tezligi 

Bu yilgi Galaxy S21 Ultra yoki Galaxy Z Fold 3 kabi Samsung'ning flagman smartfonlari faqatgina 25 vattda quvvat oladi holos. Xiaomi, Huawei, vivo, ZTE kabi kompaniyalar 100-120 vattda quvvat oluvchi smartfonlarni ishlab chiqarayotgan bir vaqtda Samsung faqatgina 25 vatt bilan cheklanib qolayotgani biroz tushunarsiz holat. 

25 vatt 2021-yilda tezkor quvvatlash texnologiyasi hisoblanmaydi. Hatto Redmi Note 11 Pro+ kabi o‘rta toifadagi smartfonlar 120 vattda quvvat olmoqda. Samsung o‘z smartfonlarini yanada tezkorroq quvvatlash texnologiyalari bilan jihozlashi kerak. 

Muvaffaqiyat: Galaxy Watch 4 seriyasi 

Galaxy Watch 4 seriyasi Google'ning Wear OS 3 operatsion tizimida ishlovchi ilk aqqli soatlardan biri bo‘ldi. Yangi tizim yangicha interfeys va keng qamrovli ilova ekotizimiga ega. 

Smart soatlar yuqori sifatli materiallardan yasalgan, shuningdek, ular sport mashg‘ulotlarini qayd qilib boruvchi va yurak urishini nazorat qiluvchi funksiya, tana massasi indeksi hamda qon bosimini aniqlovchi sensorga ega. 

Galaxy Watch 4 Classic modeli ekran atrofidagi aylanuvchi yumaloq mexanizm orqali boshqariladi. Bu o‘ziga yarasha qulaylikni yaratadi. Qurilma LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi hamda qo‘ng‘iroqlar javob berish uchun mo‘ljallangan dinamikka ega. 

Hozircha Samsung Galaxy Watch 4 eng yaxshi Android smart soati bo‘lin turibdi. U bilan faqatgina Apple'ning smart soatlari raqobatlashishi mumkin. 

O‘QING: Galaxy S22 smartfonining korpusida o‘zgarish bo‘ladi