2021 yil so‘ngigacha Apple taqdim etadigan barcha gadjetlar aytildi

  •   DiMaX
  •  857
  •  16.08.2021 10:44

2021 yil so‘ngigacha Apple taqdim etadigan barcha gadjetlar aytildi

Apple sentyabrda o‘zining o‘n uchinchi avlod ayfonlarini namoyish qilishi, ularning reliz sanasi va bozorga chiqish kunlari ham ma’lum. Bloomberg narshi jurnalisti Mark Gurman esa kupertinolik gigantning joriy yilning o‘zidayoq taqdim etishni rejalashtirayotgan barcha qurilmalar ro‘yxatini e’lon qildi.

O‘QING: iPhone 12 tutayotgan bo‘lsangiz ham, baribir iPhone 13 olish uchun 5 sabab

Shu paytgacha bir nechta prognozlari to‘g‘ri chiqqan Gurmanning aytishicha, Apple taqdimotini bu yilga mo‘ljallagan devayslar ro‘yxati quyidagicha:

  1. Smartfonlar – iPhone 13, iPhone 13 mini, iPhone 13 Pro hamda iPhone 13 Pro Max modellari
  2. Apple Watch Series 7 aqlli soati
  3. AirPods 3 quloqchini
  4. iPad mini 6 ixcham plansheti
  5. iPad 9 plansheti

Mazkur kompaniyadan kutilayotgan mini-LED ekranli MacBook 14 hamda MacBook 16 noutbuklarining taqdiri hozircha noma’lum. Gurmanning ta’kidlashicha, hozirgi avlod MacBook Pro modellari ikki yoshga to‘lganidan keyingina Apple yangisini chiqarishi mumkin.

O‘QING: iPhone 13’larning rekordchi jihati aytildi: Apple ishqibozlari buni yillab kutishgan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!