2021-yilda dunyo bo‘ylab 1 GB trafikning o‘rtacha narxi qancha ekani aytildi

2021-yilda dunyo bo‘ylab 1 GB trafikning o‘rtacha narxi qancha ekani aytildi

GSMArena nashrining Stock Apps orqali xabar berishicha, joriy yilning iyul oyida dunyo aholisining 67% i yoki 5,3 milliard aholi mobil telefonga egalik qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117 million ko‘proq foydalanuvchi demakdir.

O‘QING: Milliy operatordan ajoyib aksiyani qarshi oling!

Albatta, yuqoridagi ko‘rsatkich butun dunyo bo‘ylab teng taqsimlangan emas. Masalan, aholisining 86% i mobil telefonga ega bo‘lgan Yevropa barcha mintaqalar orasida yetakchilik qilmoqda. Holbuki, bu bozor yetarlicha to‘yingan bo‘lib, 2025-yilga kelib yevropaliklarning 87% i mobil telefondan foydalanishi prognoz qilinmoqda; bu esa keyingi bir necha yil ichida o‘sish deyarli kuzatilmasligini ko‘rsatadi.

Shimoliy Amerika ham Yevropaga yaqin turibdi. Xitoy, Gong Kong, Makao va Tayvan aholisining deyarli 83% i telefonga egalik qiladi. Eng kam telefon ishlatadiganlar Sahroyi Kabirdan janubdagi Afrikada yashaydi. Bu mintaqa aholisining yarmidan kami mobil telefondan foydalanadi.

Yuqoridagi 5,3 milliard faqat bitta mobil telefon ishlatadiganlar sonini ko‘rsatadi. Uyali aloqa tarmog‘iga ulanuvchi birdan ortiq qurilma ishlatadiganlar ham talaygina. Barcha mobil ulanishlarning 79% i (6,4 milliard) smartfonlar orqali amalga oshadi. Bu esa umumiy trafikning 73% ini hosil qiladi. Tarmoqqa ulangan boshqa qurilmalar, masalan, planshet, leptop va routerlar atigi 3,8% bozor ulushiga ega (310 million qurilma).

Pandemiya sabab yil davomida mobil trafik keskin oshgan. 2021-yilning birinchi choragida 66 ekzabayt (ya’ni 66 million terabayt) trafik mobil qurilmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu trafikning 73% i Android, 26,3% i esa iOS qurilmalari ulushiga to‘g‘ri kelgan.

1 GB mobil trafikning butun dunyo bo‘yicha o‘rtacha narxi 4,07 dollarni tashkil etadi. Greklar mobil interneti eng qimmat — global o‘rtachadan ikki baravar ko‘p: 8,16 dollar. BAA va Yangi Zelandiyada ham narxlar arzon emas: mos ravishda 7,62 va 6,99 dollar. Eng arzon internet Isroilda: bir gigabayt 0,05 dollar. Bundan keyingi arzon narxli internetga ega mamlakatlar Italiya (0,27 dollar) va Rossiyadir (0,29 dollar). AQSh va Britaniyadagi foydalanuvchilar esa bir gigabayt uchun mos ravishda 3,33 va 1,42 dollar to‘lashadi.

O‘QING: Operatordan gigabaytlab internet oling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!