2021 yilda dunyoning eng qimmat brendlari (Kantar reytingi + video)

  •   DiMaX
  •  1335
  •  22.06.2021 10:53

2021 yilda dunyoning eng qimmat brendlari (Kantar reytingi + video)

Kantar tadqiqot kompaniyasi jahondagi eng qimmat brendlar bo‘yicha yillik reytingini yangiladi. Avvalgidek unda Amerika kompaniyalari yetakchilik qilmoqda, lekin Xitoy brendlari jadal yuqorilab, Yevropa firmalarini quvib o‘tmoqda.

O‘QING: Dunyoning eng qimmat brendlari: Global 500 reytingida lider almashdi!

BrandZ Top 100 2021 ro‘yxatida Amazon kompaniyasi yetakchilikni qo‘ldan bermayapti – $684 milliardlik qiymati bilan u dunyodagi eng qimmat brend bo‘lishda davom etmoqda. Uning ortidan 612 milliard dollarlik Apple kelayotgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Google yakunlagan – $458 milliard.

Bu yilgi kuchli o‘ntalikka Xitoyning ikkita kompaniyasi kirgan: Tencent yettinchidan beshinchi pog‘onaga yuksalgan bo‘lsa, uning o‘rnini Alibaba egallagan.

O‘QING: Xitoyning eng zo‘r brendlari reytingi bilan tanishing

Quyidagi videoda esa BrandZ Top 100 2021 ro‘yxatiga kirgan barcha yuzta brend teskari sanoq tartibida ko‘rsatib berilgan:

O‘n yil avval Xitoy brendlari hissasiga mazkur yuztalikning 11 foizi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 14 foizga yetgan. Yevropa brendlarining ulushi esa bu muddatda 20 foizdan 8 foizgacha kamaygan. Joriy yilda yuzta eng qimmat brendning 74 foizi AQSh kompaniyalariga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘QING: TOP-50: eng ishonchli kompaniyalar reytingida Apple atigi 46-o‘rinda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!