2021-yilda eng ko‘p smartfon sotgan kompaniya nomi ma’lum bo‘ldi

2021-yilda eng ko‘p smartfon sotgan kompaniya nomi ma’lum bo‘ldi

Counterpoint tahlilchilari 2021-yildagi smartfonlar savdosini sarhisob qilishdi. Smartfonlar savdosi 4% ga oshib, 1.39 milliard donaga yetdi. Shu bilan birga, to‘rtinchi chorakda savdo hajmi 6% ga kamaydi va 371 million donani tashkil etgdi. 

2021-yilda smartfon savdosi bo‘yicha Samsung yetakchi bo‘ldi. Yil davomida kompaniya 270.7 million dona smartfon sotdi hamda uning savdo hajmi 6% ga oshdi. Apple o‘tgan yilda 237.9 million dona qurilma sotdi, bu 2020 yilga nisbatan 18% ga ko‘p deganidir. Bu borada Apple o‘z raqobatchisi Samsung'ga yanada yaqinlashib oldi. 

Xiaomi esa 190.4 million dona smartfon sotdi. Kompaniyaning bozor hajmi 31% o‘sib, kuchli uchlikni yakunladi. Shu bilan birga, Apple va Xiaomi uchun 2021-yil natijalari barcha davrlarning eng yaxshisi bo‘ldi. Samsung uchun buning aksi: faqat 2020-yil bundan ham yomonroq bo‘lgan edi. Umuman olganda, Samsung birinchi beshlikdagi eng yomon o‘sish sur’atini qayd etdi. 

Shuningdek, kuchli beshlikdan mos ravishda 143.2 va 131.3 million smartfon dona sotgan Oppo va vivo kompaniyalari ham joy oldi. Ushbu ikki kompaniyaning savdo hajmi mos ravishda 28% va 21% ga oshdi.  

Bozor yetakchilarining bunday yuqori ko‘rsatkichlari qolgan kompaniyalarning savdo jami 18% ga tushib ketishiga olib keldi. 

Shuni ham ta’kidlash joizki, to‘rtinchi chorakda Apple 81.5 million dona smartfon sotgan holda Samsung'dan o‘zib ketdi, bunga iPhone 13 seriyasining sotuv hajmi ancha yaxshi bo‘lgani sabab bo‘lgan. 

Kuchli o‘ntalikka kirgan Motorola kompaniyasining natijalarini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Kuchli o‘ntalikdagi kompaniyalar orasida Motorola shiddat bilan o‘sib bormoqda. 

O‘QING: Dunyodagi eng qimmat brend nomi ma’lum bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!