2021 yilda Ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqini ishga tushiriladi

  •   DiMaX
  •  346
  •  25.12.2020 11:41

2021 yilda Ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqini ishga tushiriladi

«O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (808-son, 23.12.2020 y.) qabul qilindi. Bu to‘g‘rida xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyot bo‘ling: 89 mln so‘mgacha jarima to‘lashingiz mumkin!

Qaror bilan 2021-2025 yillarda O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirishning asosiy strategik yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

- ochiq ma’lumotlarning normativ-huquqiy bazalarini takomillashtirish;
- ma’lumotlarning ochiqligini metodik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;
- ma’lumotlarning ochiqligini tashkiliy qo‘llab-quvvatlash;
- ma’lumotlarning ochiqligini axborot-texnologik qo‘llab-quvvatlash.

2021 yildan ochiq ma’lumotlar bo‘yicha hamjamiyatni shakllantirish va Internetda ochiq ma’lumotlar shaklida faoliyat yuritayotgan ilovalar va xizmatlar bozorini yaratish maqsadida muntazam ravishda «Open Data Day» va «Open Data Week» o‘tkaziladi.

Shuningdek, 2021 yil 1 avgustgacha Ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqini ishlab chiqilib, ishga tushiriladi.

O‘QING: Uyali aloqa operatoridan «YaNGI YIL OLDI ChEGIRMALARI» aksiyasi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.