2021-yilgi Android'lar borasida 10 bashorat

2021-yilgi Android'lar borasida 10 bashorat

Google Pixel Watch va nihoyat taqdim qilinadimi? Android smartfonlar uchun 5G doimiy standartga aylanadimi? TechRepublic nashri jurnalisti Jek Uallen shu va shunga o‘xshash Android kelajagiga oid savollarga javob beradi.

Bashorat qilib, kelajak yog‘dusiga ko‘z tashlash vaqti keldi. Quyidagi fikrlar shunchaki taxmin xolos, biroq ular ma’lum faktlarga asoslanib yozilgani sabab, ularni ishonchli taxmin deb hisoblash mumkin.

1. Android'ning bozordagi ulushi kamayadi, keyin ko‘payadi

iPhone 12 smartfonlarining muvaffaqiyati sabab kelasi yili Android’ning bozordagi ulushi anchadan buyon birinchi marta 70% (yoki undan biroz pastroq) ga tushib qoladi. Bunga iPhone'larning AQShdagi yirik savdolari sabab bo‘ladi. Ammo bu holat uzoq davom etmaydi. Google Pixel 6 smartfoni va Samsung'ning yangi flagmanlari taqdim qilinishi bilan, Android'ning ulushi yana keskin oshib, global bozorda 75% dan ko‘proq ulushni egallaydi. Android ulushi 75% dan oshganidan so‘ng, ancha muddat vaziyat shundayligicha qoladi.

2. Google Pixel 6 flagmanlik statusini qayta tiklaydi

Google o‘z xatolaridan xulosa chiqaruvchi kompaniya. Google Pixel 5 modelida akkumulyator avtonomligini oshirish uchun quyiroq toifadagi chip o‘rnatilgan bo‘lsa, Pixel 6'ga kelib bu borada ham o‘zgarish kuzatiladi. Katta ehtimol bilan kompaniya Pixel 6'ga Snapdragon 775G chipini o‘rnatadi va 2021-yil oxiriga kelib, Pixel 6 sotib olinishi kerak bo‘lgan smartfonlar ro‘yxatidan joy egallaydi.

3. 5G doimiy standartga aylanadi

5G bu yil, ayniqsa, bir qator fitnalar markazida bo‘ldi, biroq ularning hammasi asosiz edi. Aloqaning yangi avlodi aksariyat katta metropoliten shaharlarda mavjud. 5G 2021-yil oxiriga kelib ko‘plab o‘rta va kichik bozorlarga ham kirib borishi mumkin. Ammo bu aytmoqchi bo‘lgan asosiy gapimiz emas. 2021-yil oxiriga qadar, barcha yangi Android qurilmalari 5G tarmog‘ida ishlaydigan bo‘ladi. Smartfonlarning 5G tarmog‘idan foydalanish imkoniyatlari ham kengayib boradi. Android asosidagi va 5G'da ishlaydigan IoT qurilmalari ham paydo bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

4. Microsoft Nokia'ning bir qismini sotib oladi va yangi Android smartfon chiqaradi

Nokia yaqinda Britaniyaning eng yirik telekommunikatsiya provayderi BT bilan uskunalar yetkazib berish borasida shartnoma imzolaganini ma’lum qilgandi. Bu katta yangilik. Microsoft ilgari ham Nokia'ning bir qismini sotib olganini inobatga olib taxmin qilish mumkinki, kompaniya Nokia'ning qolgan qismlarini ham o‘ziniki qilib olishni xohlaydi. Agar bu amalga oshsa, Microsoft yangi Android smartfon ishlab chiqarishi va kompaniyaning mobil qurilmalar bozoridagi ulushi oshishi mumkin. Kompaniya allaqachon Surface Duo'ni chiqarib, smartfon ham ishlab chiqara olishi mumkinligini ko‘rsatib qo‘ydi. Ammo Duo unchalik ham ommalashmadi, shu sababdan, Microsoft bitta ekranli smarton yaratib, bozordagi eng zo‘r smartfonsozlar bilan raqobatga kirishishi mumkin.

5. Samsung fotolar sifati borasida Google Pixel'larni ortda qoldiradi

Samsung ancha vaqtdan buyon Google Pixel'larni kamera sifati borasida ortda qoldirishga urinib kelmoqda. Google smartfonlarida hali ham eski datchiklardan foydalanayotgani bois, Samsung smartfonlari kelasi yili kamera texnologiyasi borasida Pixel'larni ortda qoldirishi mumkin. Ammo koreyaliklarning bu boradagi yetakchiligi uzoqqa cho‘zilmasligi kerak, chunki Pixel 6 uchun Google'ning ham tayyorlab qo‘ygan yangi kamera datchiklari bo‘lishi aniq. Google yetakchilikni yana qayta qo‘lga oladi.

O‘QING: Android 11’gacha yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining to‘liq ro‘yxati!

6. Google Pixel Watch va nihoyat taqdim qilinadi

Wear OS yillar davomida takomillashganini inobatga olsak, Pixel Watch kelasi yili taqdim qilinishi va Android foydalanuvchilarini taqiluvchi gadjetlar sotib olishga ishontira olishi kerak. Pixel Watch nafis dizaynli, yuqori darajada funksional bo‘lishi va akkumulyator avtonomligi borasida Samsung Galaxy Active2'ni ham ortda qoldira olishi kerak. Ushbu aqlli soat Pixel 6 bilan birgalikda namoyish qilinishi va katta chegirma bilan sotilishi ehtimoli yo‘q emas.

7. Android'lardagi tizim yangilanishi jarayoni tezroq amalga oshadi

Hammamizga ma’lumki, Google Android'ning yangi versiyasini chiqarsa, u avval Pixel smartfonlariga keladi, so‘ngra, bir necha oydan so‘ng, boshqa kompaniyalar ham o‘z mijozlarini yangilanish bilan xursand qiladi. Biroq bunga ancha vaqt kerak bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra, Android 12'dan boshlab ushbu muammo anchayin bartaraf bo‘lishi va boshqa kompaniyalar foydalanuvchilariga tizim yangilanishi yetib kelishi tezroq amalga oshishi kerak.

8. Kontaktni kuzatish xizmatlari sun’iy intellekt yordamida yaxshilanadi

Ayni damda, Android tizimining o‘zida kontaktni kuzatish xususiyati mavjud. Ammo bu funksiyadan foydalanish uchun uchinchi tomon ilovalarini o‘rnatishingizga to‘g‘ri keladi. Biroq 2021-yil oxiriga qadar qo‘shimcha ilovalarni yuklab olishga ehtiyoj qolmasligi mumkin. Bundan ham yaxshirog‘i, kontaktni kuzatish sun’iy ong yordamida takomillashishi, xizmat yanada samarali va ishonchli bo‘lishi ehtimoli bor.

9. Foydalanuvchining bulutli zaxirani boshqara olish imkoniyati oshadi

Agar Android bulutli zaxira xizmatidan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, bunday xizmat borligidan yangi telefon sotib olganingizda yoki mavjud telefoningizni zavod sozlamalariga qaytarganingizda xabar topasiz. Ammo bu juda yaxshi narsa va ushbu servis juda yaxshi ishlaydi. Biroq bulutli zaxira yechimining bir kamchiligi — foydalanuvchilarning ushbu zaxira nusxalarini boshqarish imkoniyatidir. Masalan, zaxira nusxasini olish uchun ma’lum kataloglarni yoki ilovalarni ko‘rsatishni xohlaysiz yoki ehtimol zaxira ma’lumotlarini yuklab olishni xohlaysiz, deylik. Lekin bularni amalga oshirish qiyin. Biroq, Android 12 chiqarilishi bilan Google foydalanuvchilarga ushbu zaxira nusxalari ustidan ko‘proq boshqaruv imkonini berishini kutib qolamiz.

10. Anchayin takomillashgan ishoraviy boshqaruv

Ishoraviy boshqaruv anchayin qulay funksiya hisoblanadi, ammo Android'da bu imkoniyat cheklangan. Umid qilamizki, Android 12 bilan ishoraviy boshqaruv imkoniyatlari ham oshadi.

O‘QING: Yomon xabar: Google'ning ommabop xizmatlaridan biri endi pullik bo‘ladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.