2021 yilgi flagmanlar protsessori benchmark testlarida o‘z kuchini ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  593
  •  19.12.2020 11:00

2021 yilgi flagmanlar protsessori benchmark testlarida o‘z kuchini ko‘rsatdi!

Qualcomm kompaniyasi Snapdragon Tech Summit Digital tadbirida unda navbatdagi flagman protsessorini e’lon qildi. Lekin bu chipset kutilayotganidek Snapdragon 875 emas, balki Snapdragon 888 deb nomlangan ekan.

O‘QING: Snapdragon 888 chipli ilk smartfon Xiaomi Mi 11 emas, balki... Xiaomi Mi 20 bo‘lishi mumkin!

Qualcomm endi Snapdragon 888 (yoki Snapdragon 888 5G) chipsetining sintetik etalon testlari natijalarini e’lon qildi. Kompaniya ta’kidlashicha, testlar mazkur platformaning eng yuqori darajada samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatgan.

Snapdragon 888 chipseti ilg‘or – 5 nanometrlik texnologiya asosida ishlab chiqilgan. Uning asosiy hisoblash yadrolari – CPU qismi kompaniyaning oldingi flagmanidagiga qaraganda 25 foizga tezkorroq. Platformaning grafik protsessori – GPU esa avvalgi avlod vakilidan 35 foizga chaqqon. Bulardan tashqari, yangi chipset sun’iy idrok bilan bog‘liq so‘rovlarni rekord darajada tezkorlik bilan qayta ishlashga qodir.

Ko‘rib turganingizdek, Qualcomm Snapdragon 888 platformasi AnTuTu benchmarkida 735 439 ball olgan. Geekbench servisining yakka yadroli sinovida 1135 ball, ko‘p yadrolisida esa 3794 ballik natija ko‘rsatgan.

Qualcomm mazkur mahsuloti bazasidagi flagman smartfonlarning bozorga 2021 yil birinchi choragida chiqishini aytgan. Ammo ulardan birinchisini xitoylik smartfonsoz shu oyning o‘zidayoq taqdim etishini rasman e’lon qilgan.

O‘QING: Exynos 2100 protsessorli Galaxy S21+ hamda S21 Ultra flagmanlarini Geekbench’da taqqoslab ko‘rsatishdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!