2021 yili uchta modelda arzon iPhone SE chiqadi, biri iPhone 11 dizaynida!
Apple ixlosmandlari bu yil chiqqan hamyonbop iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) modelini uzoq kutishgan edi. Insayderlarga ko‘ra, mazkur turkum yana davom etadi va kupertinoliklar endi o‘z fanatlarini intiq qilishmaydi.
O‘QING: iPhone SE 2’ning yana bitta salbiy jihati fosh bo‘ldi
Apple RUMORs (LEAKs) nikli foydalanuvchining yozishicha, kelasi yili iPhone SE turkumida bir emas, naq uchta yangi smartfon chiqadi. Ularning hozirgacha ma’lum bo‘lgan xususiyatlari quyidagicha:
- Ekrani 5,5 dyuymlik, A14 Bionic protsessorli model. Unda qo‘shaloq – keng burchakli va telefoto ob’yektivli kamera qo‘llanadi. Touch ID barmoq izi skaneri «Uyga» tugmachasida bo‘ladi.
- Diagonaliga 6,1 dyuymlik, A14 Bionic protsessorli smartfon. Bu modelning dizayni iPhone 11 uslubida, ammo Touch ID sensori yon tugmachasiga o‘rntiladi.
- Displeyi 6,1 dyuymlik, A14 Bionic chipsetli ayfon. Qo‘sh kamerali (keng burchakli + o‘ta keng burchakli) bu smartfonning daktiloskopi displeyga integratsiya qilinadi.
O‘QING: Yangi reytingda iPhone 11’dan keyingi – ikkinchi o‘rinni atigi 140 dollarlik smartfon egalladi!
Insayder ushbu ma’lumotni ikki oy avval olganini ta’kidlagan:
There are 3 models of the next "iPhone SE"⚡️⚡️⚡️
— Apple RUMORs (LEAKs) (@a_rumors1111) August 11, 2020
(An experimental phase. I got this 2 month ago)
1. 5.5" model
- A14 Bionic
- Dual cameras (Wide + Telephoto)
- Home button with Touch ID
2. 6.1" model
- A14 Bionic
- Dual cameras (Wide + Ultra Wide)
- In screen Touch ID pic.twitter.com/oaaWx9DbOk
Mazkur smartfonlarning narxlari 500 dollardan past bo‘lishi kutilmoqda.
O‘QING: iPhone 12 chiqqach, dunyodagi eng ommabop smartfon yanada arzonlashadi!