2021 yilning boshidagi eng xavfli kompyuter virusi ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  2633
  •  18.02.2021 17:44

2021 yilning boshidagi eng xavfli kompyuter virusi ma’lum bo‘ldi

Check Point Research kompaniyasining kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari yangi tadqiqot natijalarini e’lon qilishdi. Olingan ma’lumotlar asosida ular ayni damdagi eng xavfli kompyuter virusini aytishdi.

O‘QING: Bu virus pandemiya paytida naq $25 000 000 o‘g‘irladi!

Mana ikki oydirki, eng ziyonkor dasturiy ta’minotlar yetakchisi Emotet bo‘lib turibdi. Mutaxassislarga ko‘ra, butun dunyodagi tashkilotlarning 6 foizi ushbu botnet qurboniga aylangan.

Shu bilan birga, huquq-tartibot idoralarining o‘z vaqtida choralar ko‘rishlari tufayli Emotet faolligi sezilarli darajada, aniqrog‘i – 14 foizga pasaygan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur virusni zararlangan xostlardan butkul o‘chirib tashlash shu yilning 25 apreliga belgilangan.

Qizig‘i shundaki, hozirda eng xavfli bo‘lib turgan ushbu ziyonkor dastur ilk bor 2014 yili aniqlangan. Keyingi yetti yil mobaynida bu troyan faol tarzda rivojlanib va yangilanib kelgan. Oqibatda hozirda u kompyuterlar uchun eng xatarli viruslar yetakchisiga aylanib turibdi.

O‘QING: Windows 10 uchun eng zo‘r 22 ta antivirus: mutlaqo bepullari ham bor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!