«2021 yilning eng kuchli kamerasiga ega» Axon 30 Ultra hamda Axon 30 Pro smartfonlari chiqdi

  •   DiMaX
  •  1754
  •  16.04.2021 18:04

«2021 yilning eng kuchli kamerasiga ega» Axon 30 Ultra hamda Axon 30 Pro smartfonlari chiqdi

Xabaringiz borki, Xiaomi kompaniyasi 29 martdagi mega-taqdimotida Mi 11 Ultra premium-flagmanini namoyish etgan. Mazkur model allaqachon DxOMark reytingida birinchi o‘ringa chiqib ham ulgurgan. Lekin tez orada uning raqibi ham aniq bo‘lgan...

O‘QING: ZTE bu flagmani bilan Xiaomi Mi 11 Ultra’ning «burnini yerga ishqalamoqchi»!

ZTE kompaniyasi bir qator parametrlari bilan farqlanuvchi Axon 30 Pro va Axon 30 Ultra smartfonlarini taqdim etdi. Ishlab chiqaruvchi bulardan ikkinchisiga 2021 yilning eng yaxshi kamerasini o‘rnatgan, deb xabar beradi Daryo.

ZTE Axon 30 Ultra flagmanining qalinligi 8,1 millimetr, og‘irligi — 188 gramm. ZTE Axon 30 Pro’ning qalinligi esa 7,86 millimetr, og‘irligi — 186 gramm. Axon 30 Ultra’ga 144 gersli tasvir yangilanish chastotasiga ega 6,67 dyuymli AMOLED-displey o‘rnatilgan bo‘lib, u FHD+ sifatni, HDR10+, 10 bitli rang va 100 foizli DCI-P3 ranglar gammasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Axon 30 Pro displeyi ingichka, diskretizatsiya chastotasi 360 gers, ekranning qolgan jihatlari Ultra’nikidan farqlanmaydi. Smartfonlarning ikkisi ham Snapdragon 888 protsessori, LPDDR5 tezkor xotirava UFS 3.1. ichki xotira o‘rnatilgan. Suyuq sovitish tizimi ham mavjud.

ZTE Axon 30 Ultra’ga 64 megapikselli uchta datchik o‘rnatilgan bo‘lib, ularning asosiysi F/1,6 diafragma va optik barqarorlashtirgichga ega Sony IMX686 hisoblanadi. Shuningdek, keng burchakli tasvirga olishga mo‘ljallangan kamera va yana bitta F/1,9 diafragmali modul ham bor. Periskop ob’yektivli to‘rtinchi modul 8 megapikselli bo‘lib, u 5 karra optik zumni ta’minlaydi. Shuningdek, 60 karrali raqamli zum, HDR10, Super Moon Ultra tungi suratga olish rejimi ham va’da qilinmoqda. 16 megapikselli frontal kamera ekran tepasidagi «qosh»ga joylashtirilgan.

Axon 30 Pro’ga 64 (Sony IMX682), 64, 5 va 2 megapikselli datchiklar o‘rnatilgan. Periskop kamera yo‘q. Axon 30 Ultra’ning akkumulyator sig‘imi 4600 mA/soat bo‘lib, 66 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega. Axon 30 Pro’da esa akkumulyator sig‘imi 4200 mA/soat va 55 vattli quvvatlantirgich.

Qurilmalarning ikkalasi ham Android 11 operatsion tizimi bazasidagi MyOS grafik qobig‘ida boshqariladi.

ZTE Axon 30 Pro narxlari:

  • 6/128 GB — 459 dollar;
  • 8/128 GB — 505 dollar;
  • 8/256 GB — 551 dollar.

ZTE Axon 30 Ultra narxlari:

  • 8/256 GB — 719 dollar;
  • 12/256 GB — 765 dollar;
  • 16 GB/1 TB — 1021 dollar.

Oldindan buyurtmalarni ZTE, «JD.Com», Tmall va Suning do‘konlari orqali amalga oshirish mumkin. Smartfonlar Xitoyda 19 apreldan sotuvga chiqadi, Axon 30 Ultra esa tez orada jahon bozorida paydo bo‘ladi.

O‘QING: Yashirin selfi-kamerali ilk smartfon savdoga chiqiboq rekord o‘rnatdi