2021-yilning eng ommabop smartfonlari bilan tanishamiz

2021-yilning eng ommabop smartfonlari bilan tanishamiz

Yil tugashiga bir oydan sal ko‘proq vaqt borligiga qaramay, IDC tahlilchilari 2021-yil davomida eng ko‘p sotilgan smartfonlar ro‘yxatini e’lon qilishdi.

IDC beshta eng ommabop smartfonlar ro‘yxatini taqdim etdi, ularning to‘rttasi Apple qurilmalari hisoblanadi. 

Demak, 2021-yilda eng ko‘p sotilgan smartfon iPhone 12 bo‘ldi. O‘tgan yili iPhone 11 hamda iPhone XR  eng xaridorbop smartfonlar bo‘lgan edi. Ko‘rinib turibdiki, iPhone 11 bu yil ham eng ko‘p sotilgan smartfonlar qatoridan o‘rin oldi. 

Ro‘yxatdan o‘rin olgan yagona Android smartfon bu - Galaxy A12. So‘nggi yillarda A seriya smartfonlariga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Shuning uchun, A12'ning ro‘yxatdan o‘rin olishi ajablanarli holat emas. 

Kuchli beshlikni iPhone 12 Pro Max hamda iPhone 12 Pro smartfonlari yaknlab berdi.

O‘QING: Xiaomi 12'ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!