2021-yilning eng ommabop 20 ta smartfoni

2021-yilning eng ommabop 20 ta smartfoni

2021-yil ham o‘z poyoniga yetdi. Yil davomida ko‘plab yangi smartfonlar taqdim etildi. Biz esa yil davomida eng ommabop bo‘lgan smartfonlarga to‘xtalib o‘tamiz.

Ro‘yxatdagi qurilmalar to‘rtta smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga tegishli.

Umumiy 20 ta smartfondan 9 tasi Galaxy A va S seriyalariga to‘gri keladi. Galaxy S21 Ultra, shubhasiz, yilning eng ommabop smartfoni sifatida reytingning birinchi pog‘onasidan o‘rin oldi. Shuningdek, reytingda Galaxy smartfonlaridan S21 va S21+ hamda A72, A52, A32 qurilamaning 4G va 5G versiylarini uchratish mumkin.

Xiaomi kompaniyasining 8 ta smartfoni reytingga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Redmi Note 10 Pro qurilmasi yil davomida muxlislar e’tiborini o‘ziga torta oldi. Shuningdek, reytingda Poco X3 Pro, Poco F3, Mi 11 Ultra, Mi 11 Lite, Redmi Note 10, Redmi 9T va Redmi Note 10S qurilmalarini ko‘rish mumkin.

OnePlus 9 Pro va OnePlus Nord 2 5G smartfonlari ham yil davomida o‘z ommaboplik xususiyatini yo‘qodmadi. iPhone 13 Pro Max esa yilning eng ommabop smartfonlari ro‘yxatiga kirgan Apple'ning yagona smartfoni bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu reyting GSMArena'ning yillik hisob-kitoblariga ko‘ra tuzib chiqilgan.

Samsung Galaxy S21 Ultra

Xiaomi Redmi Note 10 Pro

Xiaomi Redmi Note 10

Xiaomi Poco X3 Pro

Xiaomi Poco F3

Samsung Galaxy S21 5G

Samsung Galaxy A72 5G

Samsung Galaxy A52

Samsung Galaxy A32 5G

Samsung Galaxy A52 5G

Xiaomi Mi 11 Ultra

Apple iPhone 13 Pro Max

Xiaomi Redmi 9T

Xiaomi Mi 11 Lite

Samsung Galaxy A32 

Galaxy A52s 5G

Samsung Galaxy S21+ 5G

OnePlus 9 Pro

Xiaomi Redmi Note 10S

OnePlus Nord 2 5G

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (51 hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!