2021 yilning eng yaxshi Xiaomi smartfonlari bilan tanishamiz

2021 yilning eng yaxshi Xiaomi smartfonlari bilan tanishamiz

Xiaomi boshqa kompaniyalardan farqli o‘laroq arzon narxga ham yaxshi texnik jihatlarga ega bo‘lgan smartfonlarni taqdim etadi. Bugungi kunga kelib kompaniya nafaqat Xitoyda, balki Hindiston hamda Yevropada ham o‘z bozor ulushini oshirib bormoqda. Xo‘sh, bugun biz ayni vaqtda sotib olish mumkin bo‘lgan eng yaxshi Xiaomi smartfonlari bilan tanishamiz.

O‘QING: Turli narx toifalaridagi eng zo‘r Android smartfonlar beshta reytingda

Eslatib o‘tamiz, eng yaxshi smartfonlar ro‘yxatida Redmi va Poco smartfonlari ham bor. Chunki ular aynan Xiaomi'ga qarashli brendlar hisoblanadi. Shuningdek, ro‘yxat turli toifadagi smartfonlardan tuzib chiqilgan, ya’ni ular orasida super flagman, flagman, o‘rta toifa hamda byudjet sinfiga kiruvchi smartfonlar bor.

Xiaomi telefonlarining afzallik va kamchilik tomonlari:

Xiaomi smartfonlarini sotib olish uchun bir necha yaxshi sabablar bor. Birinchidan, kompaniya smartfonlarni turli xil brend nomlari ostida sotadi. Ushbu brendlar esa turli xil xaridorlar uchun mo‘ljallangan. Misol uchun, Xiaomi asosan flagman darajadagi smartfonlarni, Redmi esa byudjet va o‘rta toifaga mansub bo‘lgan smartfonlarni taqdim etadi. O‘yin o‘ynashni yoqtiradiganlar uchun esa Black Shark seriyasidagi qurilmalar mos keladi. Poco esa noodatiy dizayni bilan asosan yoshlarni o‘ziga jalb qila oladi.

Shuningdek, Xiaomi turli xil narx toifadagi qurilmalarni taqdim etadi. Boshqacha qilib aytganda, xaridorlar 100 dollardan 1000 dollargacha bo‘lgan narxdagi smartfonlarni sotib olishlari mumkin.

Biroq, kompaniyaning kamchiliklari ham yo‘q emas. MIUI grafik qobig‘i Android operatsion tizimining ko‘rinishi juda o‘zgartirib yuborganligi uchun, ushbu garfik qobig‘ ko‘pchillikka ma’qul kelavermaydi. Bundan tashqari, Xiaomi turli xududlarga turli xil nomlar ostida smartfonlar yetkazib beradi. Bu esa, o‘z navbatida, smartfon nomlari borasida chalkashliklarni keltirib chiqaradi.

Agar yangi smartfon sotib olmoqchi bo‘lsangiz, Xiaomi gadjetlari haqida bir o‘ylab ko‘rishni tavsiya etamiz.

Hozirda sotib olish mumkin bo‘lgan eng yaxshi Xiaomi smartfonlari:

1. Xiaomi Mi 11 seriyasi

Mi 11 qurilmasi Snapdragon 888 chipi bilan jihozlangan ilk smartfon bo‘lgan. Smartfon 120Hz chastotada ishlovchi QHD+ AMOLED displeyiga ega.

Akkumulyator sig‘imi 4,600 mAs bo‘lib, uni 55 vattda quvvatlash mumkin. Smartfon to‘liq quvvatlanish uchun 45 daqiqa vaqt sarflaydi. Shuningdek, qurilma 50 vatt simsiz quvvatlanish texnologiyasi hamda o‘zidan quvvat berish imkoniyatiga ega.

Smartfon uchta yuqori darajadagi kamera, Harman Kardon stereo dinamiklari hamda infraqizil porti bilan jihozlanganini ham aytib o‘tish lozim.

Xiaomi keyinchalik Mi 11 seriyasiga Mi 11 Pro va Mi 11 Ultra super flagmanlarini qo‘shdi. Standard flagmandan farqli o‘laroq ular yanada yaxshiroq texnik jihatlarni taklif qiladi. Misol uchun, Mi 11 Ultra katta hajmdagi kamera moduliga ega hamda u korpusdan anchagina bo‘rtib chiqib turadi. Moduldan 50MP asosiy kamera, 48MP telefoto kamera hamda 48MP ultrakeng kamera o‘rin olgan.

Mi 11 Pro va Mi 11 Ultra qurilmalari 6.81 dyuymli displey, Snapdragon 888 chipi, 67 vatt quvvatlash texnologiyasi, 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega.

Xiaomi Mi 11'ning texnik jihatlari:

Displey: 6.81 dyuymli QHD+ AMOLED displey, 120Hz ekran yangilanish chastotasi.

Chipset: Snapdragon 888.

Xotira: 8/12GB tezkor xotira, 128/256GB doimiy xotira.

Kamera: 108MP asosiy kamera, 13MP ultrakeng kamera, 5MP makro kamera.

Selfi kamera: 20MP.

Akkumulyator: 4,600 mAs, 55 vatt quvvatlash texnologiyasi.

Operatsion tizim: Android 11, MIUI 12.5.

Xiaomi Mi 11 Pro'ning texnik jihatlari:

Displey: 6.81 dyuymli, QHD+ AMOLED, 120Hz ekran yangilanish chastotasi.

Chipset: Snapdragon 888.

Xotira: 8/12GB tezkor xotira, 128/256GB doimiy xotira.

Kamera: 50MP asosiy kamera, 13MP ultrakeng kamera, 8MP telefoto kamera.

Selfi kamera: 20MP.

Akkumulyator: 5,000 mAs, 67 vatt quvvatlash texnologiyasi.

Operatsion tizim: Android 11, MIUI 12.5.

Xiaomi Mi 11 Ultra'ning texnik jihatlari:

Displey: 6.81 dyuymli, QHD+ AMOLED, 120Hz ekran yangilanish chastotasi.

Chipset: Snapdragon 888.

Xotira: 8/12GB tezkor xotira, 256/512GB doimiy xotira.

Kamera: 50MP asosiy kamera, 48MP ultrakeng kamera, 48MP telefoto kamera.

Selfi kamera: 20MP.

Akkumulyator: 5,000 mAs, 67 vatt quvvatlash texnologiyasi.

Operatsion tizim: Android 11, MIUI 12.5.

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (1-qism)

Xiaomi 11T va 11T Pro

Xiaomi 11T seriyasi ikkita smartfondan iborat. Xiaomi 11T hamda 11T Pro o‘tgan yilgi Mi 10T seriyasining davomchilari hisoblanadi. Xiaomi bu yilgi modellardan Mi nomini olib tashladi.

Xiaomi 11T'ga uchta: asosiy, ultrakeng hamda telemakro kameralari o‘rnatilgan. Smartfon, shuningdek, 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan.

Qurilmaning displey hajmi 6.67 dyuymni tashkil qiladi. Xiaomi 11T va 11T Pro smartfonlarining ko‘plab texnik jihatlari bir xil. Birgina farq ularning quvvat olish tezligi va ularga o‘rnatilgan chiplarda. Oddiy model Dimensity 1200 chipi, Pro model esa Snapdragon 888 chipi bilan jihozlangan. Shuningdek, Xiaomi 11T qurilmasi 67 vatt, Pro model esa 120 vattda quvvat oladi.


Xiaomi 11T'ning texnik jihatlari:

Displey: 6.67 dyuymli FullHD+ AMOLED, 120Hz ekran yangilanish chastotasi.

Chipset: Dimensity 1200.

Xotira: 8GB tezkor xotira, 128/256GB doimiy xotira.

Kamera: 108MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 5MP telemakro kamera.

Selfi kamera: 16MP.

Akkumulyator: 5,000 mAs, 67 vatt quvvatlash texnologiyasi.

Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12.5.

Xiaomi 11T Pro'ning texnik jihatlari:

Displey: 6.67 dyuymli FullHD+ AMOLED, 120Hz ekran yangilanish chastotasi.

Chipset: Snapdragon 888.

Xotira: 8/12GB tezkor xotira, 128/256GB doimiy xotira.

Kamera: 108MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 5MP telemakro kamera.

Selfi kamera: 16MP.

Akkumulyator: 5,000 mAs, 120 vatt quvvatlash texnologiyasi.

Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12.5.

O‘QING: Xiaomi 11T Pro'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Poco F3 va F3 GT smartfonlari

Poco smartfonlari odatda arzon narxda bo‘lsa ham, ajoyib texnik jihatlarni taqdim etadi. Misol uchun, Poco F3 flagman darajadagi Snapdragon 870 chipi hamda 120Hz chastotada ishlovchi AMOLED displeyi bilan jihozlangan. 400 dollar narxga bunday texnik jihatlariga ega bo‘lgan smartfonni topish qiyin masala.

F3'ning orqa panelida uchta kamera joylashgan. Shuningdek, smartfon 4,520 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, uni 33 vattda quvvatlash mumkin. Qurilma ekranosti barmoq izi skaneri, infraqizil port va 20MP selfi kameraga ega.

Poco F3'dan so‘ng uning GT versiyasi taqdim etildi. Ushbu smartfon F3'dan farqli o‘laroq yuqori rezolyusiyadagi asosiy kamera, kattaroq hajmdagi akkumulyator va tezkorroq quvvatlash texnologiyasiga ega.

Poco F3 GT'ning texnik jihatlari:

Displey: 6.67 dyuymli FullHD+ AMOLED, 120Hz ekran yangilanish chastotasi.

Chipset: Dimensity 1200.

Xotira: 6/8GB tezkor xotira, 128/256GB doimiy xotira.

Kamera: 64MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera.

Selfi kamera: 16MP.

Akkumulyator: 5,065 mAs, 33 vatt quvvatlash texnologiyasi.

Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12.5

Poco F3'ning texnik jihatlari:

Displey: 6.67 dyuymli FullHD+ AMOLED, 120Hz ekran yangilanish chastotasi.

Chipset: Snapdragon 870.

Xotira: 6/8GB tezkor xotira, 128/256GB doimiy xotira.

Kamera: 48MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 5MP makro kamera.

Selfi kamera: 20MP.

Akkumulyator: 4,520 mAs, 33 vatt quvvatlash texnologiyasi.

Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12.5

Xiaomi Mi 10i

Xiaomi Mi 10i - o‘rta toifaning premium turiga mansub bo‘lgan smartfon. U 108MP asosiy kamera hamda 120Hz chastotada ishlovchi LCD displeyiga ega. Shuningdek, smartfon Snapdragon 750G chip bilan jihozlangan hamda akkumulyator avtonomlik vaqti bilan maqtana oladi.

Bu bilan smartfoning afzallik tomonlari to‘xtab qolmaydi. Mi 10i stereo dinamik, 3.5 mm audio jek hamda IP53 standartiga ega.

Biroq, qurilma faqatgina Hindiston hududla sotiladi xolos.

Xiaomi Mi 10i'ning texnik jihatlari:

Displey: 6.67 dyuymli FullHD+ IPS LCD, 120Hz ekan yangilanish chastotasi.

Chipset: Snapdragon 750G.

Xotira: 6/8GB tezkor xotira, 128GB doimiy xotira.

Kamera: 108MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera, 2MP sath kamera.

Selfi kamera: 16MP.

Akkumulyator: 4,820 mAs, 33 vatt quvvatlash texnologiyasi.

Dasturiy ta’minot: Android 11 MIUI 12.5

Redmi Note 10 va 10 Pro

Redmi Note 10 seriyasi 5G tarmog‘iga ega bo‘lgan arzon narxdagi smartfonlarni taklif etadi.

Pro modelning ko‘plab texnik jihatlari Xiaomi Mi 10i smartfoninikiga o‘xshaydi. Qurilma stereo dinamik, 3.5 mm audio jek 33 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega. Narxidan kelib chiqib, smartfonni eng yaxshi Xiaomi smartfonlaridan biri deyish mumkin.

Note 10 smartfoni esa biroz oddiyroq texnik jihatlarga ega. Biroq narxga yarasha yaxshi texnik jihatlarni taklif qiladi.

Redmi Note 10 Pro'ning texnik jihatlari:

Displey: 6.67 dyuymli FullHD+ AMOLED, 120Hz ekan yangilanish chastotasi.

Chipset: Snapdragon 732G.

Xotira: 6/8GB tezkor xotira, 64/128GB doimiy xotira.

Kamera: 108MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 5MP makro kamera, 2MP sath kamera.

Selfi kamera: 16MP.

Akkumulyator: 5,020 mAs, 33 vatt quvvatlash texnologiyasi.

Dasturiy ta’minot: Android 11 MIUI 12.5

Redmi Note 10'ning texnik jihatlari:

Displey: 6.43 dyuymli FullHD+ Super AMOLED, 60Hz ekan yangilanish chastotasi.

Chipset: Snapdragon 678.

Xotira: 4/6GB tezkor xotira, 64/128GB doimiy xotira.

Kamera: 64MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera, 2MP sath kamera.

Selfi kamera: 13MP.

Akkumulyator: 5,000 mAs, 33 vatt quvvatlash texnologiyasi.

Dasturiy ta’minot: Android 11 MIUI 12.5

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 10 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Redmi Note 9T

Ushbu smartfon 6.53 dyuymli LCD displey, Dimensity 800U chipi, 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Bundan tashqari, qurilma 3.5 mm audio jek, yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri hamda stereo dinamikka ega.

Garchi yuqori texnik ko‘rsatkichlarni taqdim etmasa ham, umumiy olganda, qurilma yaxshi smartfonlardan biri. Smartfonning orqa panelida 48MP asosiy kamera hamda unga qo‘shimcha yana ikkita kamera joylashgan. Selfi kameraning rezolyusiyasi 11MP tashkil qiladi.

Redmi 9T texnik jihatlar bo‘yicha Redmi Note 9 5G smartfonini eslatib yuboradi.

Redmi 9T'ning texnik jihatlari

Displey: 6.53 dyuymli FullHD+ IPS LCD, 60Hz ekan yangilanish chastotasi.

Chipset: MediaTek Dimensity 800U.

Xotira: 4GB tezkor xotira, 64GB doimiy xotira.

Kamera: 48MP asosiy kamera, 2MP makro kamera, 2MP sath kamera.

Selfi kamera: 13MP.

Akkumulyator: 5,000 mAs, 18 vatt quvvatlash texnologiyasi.

Dasturiy ta’minot: Android 10, MIUI 12.

Redmi 9 Power

Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, ushbu smartfonni ishlab chiqarishda asosan akkumulyatorga ahamiyat berilgan. Smartfon naq 6,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Displey hajmi 6.53 dyuym, qurilma Snapdragon 662 chipida ishlaydi.

Smartfonga shuningdek to‘rtta kamera, infraqizil porti o‘rnatilgan. Xotira hajmini microSD bilan kengaytirish mumkin.

Redmi 9 Power faqatgina Hindiston bozori uchun ishlab chiqilgan.

Redmi 9 Power'ning texnik jihatlari:

Displey: 6.53 dyuymli FullHD+ IPS LCD, 60Hz ekan yangilanish chastotasi.

Chipset: Snapdragon 662

Xotira: 4GB tezkor xotira, 64/128GB doimiy xotira.

Kamera: 48MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera, 2MP sath kamera.

Selfi kamera: 8MP.

Akkumulyator: 6,000 mAs, 18 vatt quvvatlash texnologiyasi.

Dasturiy ta’minot: Android 10, MIUI 12.

Redmi 9A va 9i Sport

Redmi 9A Sport hamda 9i Sport'ning texnik jihatlari bir-biriga o‘xshash. Ikkila smartfonga ham bir xil turdagi displey, chip hamda bir xil hajmdagi akkumulyator o‘rnatilgan. Ularning xotira hajmlati esa farq qiladi.

Redmi 9A Sport smartfoni 2/3GB tezkor xotira hamda 32GB doimiy xotira bilan, 9i Sport esa 4GB tezkor xotira hamda 64/128GB doimiy xotira bilan jihozlangan. Bu ro‘yxatdagi eng so‘nggi va eng arzon smartfonlar edi.

Redmi 9A Sport'ning texnik jihatlari:

Displey: 6.53 dyuymli HD+ IPS LCD, 60Hz ekan yangilanish chastotasi.

Chipset: MediaTek Helio G25

Xotira: 2/3GB tezkor xotira, 32GB doimiy xotira.

Kamera: 13MP.

Selfi kamera: 5MP.

Akkumulyator: 5,000 mAs, 10 vatt quvvatlash texnologiyasi.

Dasturiy ta’minot: Android 10, MIUI 12.

Redmi 9i Sport'ning texnik jihatlari:

Displey: 6.53 dyuymli HD+ IPS LCD, 60Hz ekan yangilanish chastotasi.

Chipset: MediaTek Helio G25

Xotira: 4GB tezkor xotira, 64/128GB doimiy xotira.

Kamera: 13MP.

Selfi kamera: 5MP.

Akkumulyator: 5,000 mAs, 10 vatt quvvatlash texnologiyasi.

Dasturiy ta’minot: Android 10, MIUI 12.

Ushbu ro‘yxatdan hozirgi vaqtda sotib olish mumkin bo‘lgan eng yaxshi Xiaomi smartfonlari o‘rin olgan. Yangi smartfonlar taqdim etilsa, albatta, ularni keyingi ro‘yxatlarimiz kiritamiz.

O‘QING: Ayni vaqtda sotib olish mumkin bo‘lgan eng yaxshi Galaxy smartfonlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!