2021 yilning eng zo‘r beshta smartfoni (Consumer Reports talqini)

  •   DiMaX
  •  5954
  •  29.03.2021 10:48

2021 yilning eng zo‘r beshta smartfoni (Consumer Reports talqini)

Consumer Reports tahlil kompaniyasi turli operatsion tizimlarda ishlovchi smartfonlar tavsiyasi bo‘yicha o‘z reytingini yangiladi. Uning ekspertlari iOS hamda Android boshqaruvi ostidagi eng yaxshi modellarni aytishdi.

O‘QING: AnTuTu reytingi: O‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (2021 yil fevral)

iOS-gadjetlar segmentida eng zo‘ri deb iPhone 12 Pro Max topilgan. Bu flagman, garchi bazaviy iPhone 12 Pro modelidan 100 dollarga qimmat bo‘lsa-da, bu narxidan ortiq farqlarga ega. Jumladan, avtonom ishlash vaqti ko‘proq, ekrani sal kattaroq hamda kamerasida 2,5 karralik optik zum bor. Shu bilan birga, ekspertlar iPhone 12 Pro Max o‘zining korpusi o‘lchami va vazni tufayli, kafti kichkina bo‘lgan kishilarga mos kelmasligini ham ta’kidlashgan.

Consumer Reports versiyasiga ko‘ra eng yaxshi Android-qurilma sifatida esa Samsung Galaxy Note 20 Ultra 5G tan olingan. Eslatib o‘tamiz, ushbu fablet AnTuTu benchmarkiga ko‘ra, 2021 yilning fevral oyida o‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon reytingiga ham kirgan.

Bulardan tashqari, hamyonbop OnePlus Nord N10 5G hamda OnePlus Nord N100 modellari o‘z narx toifasidagi eng kuchli avtonomlikka ega smartfonlar, deya e’tirof etilgan. Batareyasining quvvati uzoq vaqtga yetuvchi smartfonlar ro‘yxatida yana Samsung Galaxy A71 va iPhone 12 Pro Max ham bor.

O‘QING: Suv va changdan himoyali Galaxy A72 ham taqdim etildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!