2021 yilning eng zo‘r kamerofoni – hali chiqmagan Find X3 Pro xususiyatlari va ilk «jonli» rasmlari

  •   DiMaX
  •  1483
  •  03.02.2021 12:51

2021 yilning eng zo‘r kamerofoni – hali chiqmagan Find X3 Pro xususiyatlari va ilk «jonli» rasmlari

Boyagina biz 2021 yilning birinchi oyida AnTuTu benchmarkida tekshirib ko‘rilgan eng qudratli o‘nta smartfon reytingini chiqargan edik. Lekin Oppo kompaniyasi hali rasman namoyish etmagan Find X3 Pro flagmani bularning barchasidan ham oshiq natija ko‘rsatgan.

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (4-hafta)

Snapdragon 888 protsessorli Find X3 Pro smartfonini mart oyida taqdim etishini Oppo avvalroq tasdiqlagan edi. Bosh kamera blogi korpusning orqa paneli bilan silliq bitishib ketishi sababli ishlab chiqaruvchi uni «imkonsiz yuzaga ega», deya ta’riflagan.

Endi shuni isbotlovchi birinchi «jonli» suratlar paydo bo‘ldi – Oppo Find X3 Pro chindanam betakror dizaynga ega va uni boshqa biror smartfon bilan adashtirishning shunchaki imkoni yo‘q:

Oppo ushbu smartfonini 12 gigabaytlik tezkor hamda kamida 256 gigabaytlik doimiy xotira bilan ham ta’minlaydi. Uning akkumulyatori 4500 mA/soatlik tok sig‘imiga ega bo‘lib, 65 vattlik tezkor quvvatlana oladi. Ta’kidlash kerakki, Find X3 Pro modeli 2021 yilning eng kutilayotgan 10 smartfoni ro‘yxatiga ham kirgan.

O‘QING: Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon

Shu bilan birga, keyingi paytlarda insayderlar Oppo Find X3 Pro smartfonining texnik xususiyatlari haqida bir qator ma’lumotlarni chiqarganlar. Ularga qaraganda, ushbu model joriy yilning eng kuchli kamerofoni bo‘lishi kutilmoqda.

Uning xuddi mikroskop kabi ishlay oluvchi bosh kamerasida 50 megapiksellik Sony IMX766 datchigidan ikkitasi qo‘llanadi. Shuningdek, bu jamlanmaga 2 karralik optik zum xususiyatli 13 megapiksellik uchinchi sensor hamda naq 25 karralik zum qobiliyatli 3 megapiksellik makros’yomka moduli ham kiradi. Find X3 Pro oldin chiqargan barcha smartfonlardagi ob’yektivlardan ustun bo‘lgan, OFILM tomonidan ishlangan ob’yektivga ega.

Find X3 Pro devaysida qo‘llanayotgan OLED-ekran diagonaliga 6,7 dyuymlik bo‘lib, ranglarning 10 bitlik chuqurligini ta’minlay oladi. Tasvir aniqligi 1440x3216 piksellik displeyda kadr yangilanish chastotasidan 10 dan to 120 gersgacha sozlash mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Eng tezkor Android-smartfonlar va eng silliq ishlovchi grafik qobiq (Master Lu reytinglari, 2020 yil)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!