2021 yilning potensial bestselleri – Galaxy A52 5G ilk suratlarda

  •   DiMaX
  •  2739
  •  11.12.2020 12:27

2021 yilning potensial bestselleri – Galaxy A52 5G ilk suratlarda

Samsung kompaniyasining Galaxy A50 hamda Galaxy A51 modellari o‘z dvrida dunyodagi eng ommabop smartfonlardan bo‘lgan. Ularning davomchisi – Galaxy A52 (yoki Galaxy A52 5G) qurilmasini ham shunday taqdir kutmoqda, desak adashmaymiz.

O‘QING: Samsung Galaxy A52 5G Geekbench'da paydo bo‘ldi

Insayderlik xabarlariga ko‘ra, ushbu smartfonning korpusi o‘sha Galaxy A51 dizaynida tayyorlanmoqda. Galaxy A52 modelining birinchi render suratlarini taniqli tarmoq informatori OnLeaks taqdim etdi:

Manbalarning yozishicha, Galaxy A52 smartfoni diagonaliga 6,5 dyuymlik AMOLED displey bilan ta’minlanadi. Uning korpusi plastikdan ishlanib, o‘lchamlari 159,9x75,1x8,4 millimetrni tashkil etadi.

Galaxy A52 bosh kamerasi ham kvadrokamera tarzida taqdim etilgan, lekin yirik himoya shishalari evaziga uning modullari kattaroq ko‘rinadi.

Xabarlarga ko‘ra, Samsung ushbu smartfonini Snapdragon 750G protsessori asosida tayyorlamoqda. Ya’ni, Galaxy A52 modeli beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarida ishlay oladi. Uning nisbatan arzonroq – 5G tarmog‘ini qo‘llamaydigan versiyasi ham bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha aniq emas.

O‘QING: Kvadrokamerali va 7000 mAs batareyali hamyonbop Galaxy M12 sertifikatsiyadan o‘tdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!