2022-yil aprel oyiga ko'ra eng ko'p sotilgan smartfonlar top o'ntaligi

2022-yil aprel oyiga ko'ra eng ko'p sotilgan smartfonlar top o'ntaligi

Counterpoint Technology Market Research joriy yilning aprel oyiga ko'ra dunyo bo'ylab eng ko'p sotilgan smartfonlar top o'ntaligini e'lon qildi. Ularning umumiy bozordagi ulushi esa 21 foizni tashkil qiladi.

Ro'yxatda Apple kompaniyasi o'zining besh xil modeldagi iPhone'lari bilan peshqadamlik qilmoqda. Kupertinolik kompaniya o'tgan yili taqdim qilingan iPhone 13 flagmani umumiy bozorning 5.5% ulushi bilan aprel oyida dunyodagi eng ko'p sotilgan smartfoni bo'ldi. Undan keyingi ikkinchi o'rinni xuddi shu modelning Pro Max varianti egallagan, uning ulushi esa 3.4 foizni tashkil qilmoqda. Top uchlik ham yana bir o'n uchinchi avlod ayfoni, iPhone 13 Pro bilan yakunlanadi.

To'rtinchi o'rin ham yana bir Apple smartfoni tomonidan egallangan va iPhone 12 modelidir. Shuningdek, yil boshida taqdim qilingan o'rta darajadagi Apple smartfoni, iPhone SE ham eng ko'p sotilgan smartfonlar qatorida yettinchi o'rinni band qilgan.

Samsung smartfonlari ham ro'yxatning bir nechta o'rinlarini egallashga muvaffaq bo'lishgan. Janubiy Koreya kompaniyasi yil boshida taqdim qilgan Galaxy S22 flagmanlari qatoridagi Ultra 5G modeli joriy yilning aprel oyida eng ko'p smartfonlar ichida beshinchi o'rinni qo'lga kiritgan. Undan keyingi oltinchi, shu bilan birga, sakkizinchi o'rinlari kompaniyaning byudjet smartfonlari, Galaxy A13 va Galaxy A03 Core telefonlari 1.4% bozor ulushi bilan egallashgan. Samsung Galaxy A53 5G o'rta darajadagi smartfoni esa ro'yxatning to'qqizinchi o'rnini band qilgan.

Top o'ntalik xitoylik Redmi Note 11 LTE smartfoni bilan yakunlanadi.

O'QING: Nothing eng katta smartfon bozori hududiga kira olmaydi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!