2022-yilning top besh bepul, shuter o'yinlari!

2022-yilning top besh bepul, shuter o'yinlari!

Avvalari shuter o'yinlarni kontrollerlarsiz yoki klaviatura va sichqonchalarsiz tasavvur qilib bo'lmas edi. Biroq, bugungi kunda smartfonlar bilan barchasi o'zgargan yoxud ular yangi o'yin konsollariga aylangan desak ham mubolog'a bo'lmaydi. Endi siz shuter o'yinlarni smartfonda sensorli boshqaruvlar bilan o'ynashingiz va kontrollerni unutib yuborishinigiz mumkin. Quyida ana shunday shuter o'yinlarning top beshtaligi bilan tanishamiz. Eng qizig'i bularning hammasi bepul!

PUBG Mobile

Shubhasiz, mobil qurilmalar uchun "qirollik janggi" janridagi eng yaxshi shuter. PUBG: Mobile kompyuter uchun PUBG: BATTLEGROUNDS o'yinining kichik ekranlarga moslashtirilgan versiyasi bo'lib, u boshqa shunday o'yinlarga qaraganda oddiyligi bilan ajralib turadi.

Call of Duty: Mobile

"Shuter o'yin" deganda hayolga birinchi bo'lib Call of Duty o'yinlari keladi, chunki u kompyuter uchun shu janrdagi eng zo'r va mashhur o'yin hisoblanadi. Va endi u mobil qurilmalar uchun ham mavjud! Activision'ning Call of Duty: Mobile o'yini "qirollik janggi"dan tashqari yana turli xil o'yin rejimlarini taklif qila oladi. Unda ham PUBG: Mobile kabi sensorli boshqaruvlar mavjud, lekin bu o'yinda siz butunlay boshqa o'yin tajribasini his qilasiz.

Apex Legends

Mobil qurilmalar uchun yaqindagina chiqarilgan bo'lsa ham, Electronic Arts'ning Apex Legends: Mobile o'yini qisqa muddatda katta muvaffaqiyatga erishdi va juda tez ommalashdi. Albatta, bu o'yinda ham "qirollik janggi" rejimi mavjud va albatta u yuqoridagi ikki o'yin kabi sensorli boshqaruvlarni taklif qiladi, biroq undagi xaritalar, qahramonlar va qurollar bilan siz o'zingizni butunlay boshqa olamga tushib qolgandek his qilasiz.

Speacial Forces Group 2

CS:GO yoki Counter Strike muxlislari uchun maxsus – SFG 2 o'yini siz kompyuterda sevib o'ynagan CS o'yinlarini smartfoningizda ham his qilish imkonini beradi. Garchi o'yin rasman Valve tomonidan ishlab chiqarilmagan bo'lsa ham, undagi xaritalar, qahramonlar va qurollar xuddi CS o'yinlaridagi kabi yaratilgan. Eng muhimi siz bu o'yinni do'stlaringiz bilan ham o'ynashingiz mumkin.

Hitman Sniper: The Shadows

Agar siz haqiqiy o'yinchilarga qarshi kurashishdan charchagan bo'lsangiz yoxud snayper qurolida o'ynashni yoqtirsangiz, unda bu o'yin aynan siz uchun. Hitman Sniper: The Shadows yuqoridagi o'yinlardan mutlaqo farq qiladi. U Hitman Sniper o'yinining ancha yaxshi grafikali va bepul varianti bo'lib, unda siz maxsus agent sifatida "berilgan topshiriqlar"ni bajarishingiz kerak bo'ladi.

O'QING: Samsung'ning mustahkam himoyali smartfon va planshetlari evolyusiyasi bilan tanishamiz!