2023 yilda ommabop bo‘lishi kutilayotgan smartfon tez orada taqdim etiladi

2023 yilda ommabop bo‘lishi kutilayotgan smartfon tez orada taqdim etiladi

Bundan bir necha kun avval Galaxy S23 seriyasining taqdimot marosimi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘lgan edi. Endigi navbat Galaxy A54 5G modeliga keldi. Samsung katta ehtimol bilan A54 modelini A34 bilan bitta taqdimotda namoyish etadi. 

Samsung India veb-sayti yangi Galaxy A modellari 18 yanvarda taqdim etilishini aytib o‘tdi. Ushbu tadbirda aynan Galaxy A34 va A54 modellari taqdim etiladi. 

Galaxy A34 va A54 5G modellari dizayn jihatidan bir-biridan uncha farq qilmaydi. A34 5G modeli 90 gertsda ishlovchi Full HD+ rezolyutsiyadagi Super AMOLED displeyi bilan jihozlanadi. Taxminlarga ko‘ra, qurilma Exynos 1280 chipi, 6/8GB tezkor hamda 128/256GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Orqa paneldan optik stabilizatsiyaga ega 48MP asosiy, 8MP ultrakeng va 5MP makro kameralar o‘rin oladi. Old tomonga esa 13MP selfi kamera joylashadi. 

Galaxy A54 5G esa 120 gerts chastotada ishlovchi Full HD+ rezolyutsiyadagi 6.4 dyuymli Super AMOLED displeyiga ega bo‘ladi. Orqa panelda optik stabilizatsiyaga ega 50MP asosiy, 12MP ultrakeng va 5MP makro kameralar bo‘lsa, old paneldan 32MP selfi kamera o‘rin oladi. Qurilma 6/8GB tezkor hamda 128/256GB doimiy xotira bilan integrallashgan Exynos 1380 chipida ishlaydi. Akkumulyatorning sig‘imi 5,100 mAs bo‘ladi. 

Ikkila qurilma ekranosti barmoq izi skaneri, IP67 standarti hamda stereo dinamiklarga ega bo‘ladi. Gadjetlarini 25 vattda quvvatlash mumkin.

O‘QING: Galaxy S23 seriyasi taqdimot sanasi rasman ma’lum bo‘ldi! 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.