2023-yilning ilk Telegram yangilanishi 10 xil yangi xususiyatlarni o'z ichiga oladi

2023-yilning ilk Telegram yangilanishi 10 xil yangi xususiyatlarni o'z ichiga oladi

Telegram o'zining navbatdagi yangilanishini chiqardi va u "yangi yilda boshida qizib olish uchun" quyidagi 10 ta yangiliklarni o'z ichiga oladi:

Emoji profil rasmlar

Endi siz istalgan stiker yoki animatsiyali emojini akkauntingiz, guruh yoki kanallaringiz uchun profil rasmiga qo'yishingiz mumkin va bu funksiya barcha uchun, hatto, Telegram Premium'ga obuna bo'lmaganlar uchun ham ishlaydi.

Qolaversa, bu funksiyani kontaktlaringiz uchun ham qo'llasangiz bo'ladi.

Emoji kategoriyalari

Ko'nglizgizdagidek yoxud stiker va emojilarni oson qidirish uchun endi ularni 👍, ❤️ yoki 💤 kabi kategoriyalar asosida saralab olishingiz mumkin. Bunda emojini yuborishdan oldin uni ustiga bosib tursangiz uni to'liq hajmda ko'rish imkoniga ega bo'lasiz.

Premium: Butun chatni tarjima qilish

Premium foydalanuvchilar endi chat yuqorida joylashgan Tarjima paneli yordamida butun chatlar, guruhlar va kanallarni tarjima qilishi mumkin. Parametrlar menyusi sizga panelni berkitish va qaysi tillar tarjima qilinishini boshqarish imkonini beradi.

Tarmoqdan foydalanish

O'tgan oyda Xotiradan foydalanish rangli doiraviy diagrammalar bilan yangi ko'rinish olgan edi. Endi bu safar Tarmoqda foydalanish ham xuddi shunday tus olgan.

Wi-Fi va mobil internet uchun batafsil doiraviy diagrammalar bilan Telegram qancha trafik ishlatganini ko'rishingiz. Shuningdek, u yerda trafik rejangizga mos kelishi uchun avtomatik yuklab olish sozlamalaringizni o'zgartirishingiz mumkin.

Kiruvchi mediani avtomatik saqlash

Ushbu yangilanish bilan media qabul qilinganida uning qaysi chatdan kelganligi, o'lchami va turiga qarab qurilma galereyasiga avtomatik ravishda saqlanishini sozlan olishingiz mumkin. Bundan tashqari, faqat kerakli rasm va videolar saqlanishi uchun alohida chatlar uchun istisnolar qo'shishning imkoni bor.

Media yuborish ruxsatlari

Yangilanish adminlariga o'z guruhlarida rasmlar, videolar, ovozli yoki video xabarlar kabi 9 ta turli medialardan qaysi biri yuborilishiga ruxsat berish yoki bermaslikni tanlash imkonini beradi. Shuningdek, bu bilan ular faqat media yuboriladigan guruhlarni yaratish uchun matnli xabarlarni jo'natishni o'chirish kuchiga ham ega bo'ladilar.

Botlar uchun chatlarni tanlash

Bot dasturchilari o'zlarining botlari oldindan belgilangan mezonlarga mos keladigan guruh, kanal yoki odamlarga yuborilishi uchun botga maxsus tugmalarni qo'shishlari mumkin.

Uning qo'llanishi bo'yicha batafsil ma'lumotlarni qo'llanmada yoki @BotNews kanalida topiladi.

Apple va Google ID bilan qayta hisobga kirish

Agar akkauntingizdan barcha qurilmalarda chiqib ketgan bo'lsangiz, unga qayta kirishda telefon raqamga SMS kod olish shart emas: akkauntga Apple yoki Google ID yordamida SMS kodni kiritmasdan tezda qayta kirishi mumkin. 

Yillik Premium obunasi

Endi siz Telegram Premium'ning bir yillik obunasiga toʻlov qilishingiz va 40% chegirma bilan ekskluziv funksiyalardan foydalanishingiz mumkin. 

Yangi interaktiv va maxsus emojilarsiz yangilanish yangilanish emas. Telegram rassomlari ushbu versiya bilan sizga 10 ta yangi maxsus emojilar to'plamini taklif qilishadi. Animatorlar esa 🦄 🙊 💊 😘 💘 🙉 emojilarining yangi interaktiv versiyalarini yaratishgan. Ularning barchasidan reaksiyalar sifatida foydalanishi ham mumkin.

O'QING: Play Games'ning yangi logotipi Android uchun tarqatilmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.