2030 yilgacha barcha avtomobillar elektromobilga almashtiriladi!

2030 yilgacha barcha avtomobillar elektromobilga almashtiriladi!

Isroil 2030 yilgacha benzin va dizel yonilg‘isini to‘liq rad etadi — barcha avtomobillar elektromobillarga almashtiriladi, 2030 yildan boshlab dizel va benzinli vositalarni Isroilga olib kirishga ruxsat berilmaydi, shuningdek, yonilg‘ida ishlaydigan avtomobil sotib olish mumkin bo‘lmaydi. Bu haqda "Reuters" axborot agentligida Isroil Energetika vaziri bergan ma’lumotiga asoslanib “Spot” xabar bermoqda.

Ichki yonuv dvigatellariga ega barcha avtomobillar elektromobillarga, shuningdek, tabiiy gazda yuradigan vositalarga almashtiriladi.

Vazir Yuval Shtaynitsning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning vazifasi mahalliy sanoatning benzin va dizel dvigatellaridan voz kechishga va ekologik toza transport rejimiga o‘tishiga imkon beradigan “eng muhim omillar"ni aniqlashdir.

O‘QING: O‘zbekiston internet xavfsizligi to‘g‘risidagi Parij chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatladi

Shuningdek, vazir "hukumat elektromobillarga o‘tishni rag‘batlantirish uchun ushbu turdagi transport vositalarini soliqqa tortishni deyarli nolga tushirishga intilayapti", deya ta’kidlab o‘tdi. Shu tarzda elektromobillar narxi odatdagi yonilg‘ida ishlaydiganlaridan sezilarli darajada arzonlashadi.

Shtaynits ta’kidlashicha, hukumat yangi infratuzilmani barpo etishni faol qo‘llab-quvvatlamoqda, bu bilan yangi turdagi transport xizmatlarini uzluksiz ta’minlash mumkin bo‘ladi.

"Mamlakatimizda quvvat stansiyalari qurilmoqda. Bugungi kunda ushbu yangi qurilmalarning 2 mingdan ortig‘i qurilgan", — dedi Reyter Shtaynits "Reuters" axborot agentligiga bergan intervyusida.

Elektr transport vositalariga o‘tish Isroilga benzin, dizel va ko‘mirdan butunlay voz kechish uchun katta miqyosli rejaning bir qismidir. So‘nggi yillarda mamlakatda tabiiy gaz ulkan zaxiralari topilgan, shuning uchun Isroil yangi turdagi yoqilg‘i turiga ega stansiyalarni modernizatsiya qilishga kirishdi.

Shtaynits so‘zlariga ko‘ra, mamlakat uchun o‘tish davri taxminan 2025 yilga to‘g‘ri keladi. Ekspertlarning taxmin qilishicha, bu vaqtga qadar Isroil yo‘llarida 177 mingga yaqin elektr transport vositalari harakatlana boshlaydi. Statistikaga ko‘ra, mamlakatda hozirda faqat bir necha o‘nlab elektromobillardan foydalanilmoqda.

2025 yildan keyin elektr avtomobil sotib olish va egalik qilish ancha osonroq va arzon bo‘ladi, shuning uchun vazir mamlakatdagi transportning 2030 yildan 1,5 millionga ko‘payishini kutayapti.

"2030 yildan boshlab hech kimga dizel va benzinli vositalarni Isroilga olib kirishga ruxsat bermaymiz", — dedi Shtaynits.

Barcha yangi avtomobillar elektrli bo‘ladi. Jamiyat va yuk tashish transporti ham elektrli bo‘ladi yoki siqilgan tabiiy gazda ishlaydi.

O‘QING: Google bepul taksi xizmatini ishga tushiradi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!