2052-yil uchun Nike virtual krossovkalari

2052-yil uchun Nike virtual krossovkalari

Taniqli krossovka va kiyimlar ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi o'tgan yili RTFKT nomli turli xil NFT krossovkalar sotuvchi studiyani sotib olgan edi. Endilikda Nike'ning CryptoKicks loyihasi va RTFKT birgalikda o'zlarining ilk raqamli mahsulotlarini taqdim qilishdi.

"Kelajak krossovkalari" deb atalayotgan RTFKT Nike Dunk Genesis NFT snikersi kompaniyaning mashhur Dunk Low siluetiga asoslangan bo'lib, birgina uning o'ziga Skin Vials nomli 1000 xil noyob virtual terilar bilan ko'rinishlar berish mumkin.

Metaolamda kiyish uchun taqdim qilingan Nike Cryptokicks snikerslari boshlanishiga sakkizta turli xil ko'rinishli EVO X terilari bilan tez orada chiqariladi.

O'QING: Android OS shirinlik nomlari bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!