23 foizga tezlashgan Google Chrome endi kuniga 17 yillik protsessor umrini tejaydi!

  •   DiMaX
  •  604
  •  29.05.2021 12:08

23 foizga tezlashgan Google Chrome endi kuniga 17 yillik protsessor umrini tejaydi!

Qidiruv giganti shu kunlarda o‘zining Google Chrome brauzerini 91-versiyasiga yangiladi. Chromium rasmiy blogida Chrome mahsuloti bo‘yicha menejer Tomas Nattestad (Thomas Nattestad) undagi muhim jihatlardan biriga e’tibor qaratgan.

O‘QING: Dunyo bo‘yicha qaysi brauzerlar eng ommabop? (2021 yil aprel)

Tomas Nattestadning ta’kidlashicha, Google Chrome yangilanganidan so‘ng naq 23 foizga tezlashgan. Bunga esa yangi – Sparkplug kompilyatori hamda qisqa ichki chaqiruvlar tufayli erishilgan.

Buning evaziga har kuni butun dunyo bo‘ylab mazkur brauzer foydalanuvchilarida jami 17 yildan oshiqroq vaqt tejaladi, deydi menejer.

Izohga ko‘ra, Sparkplug – bu yangi JavaScript kompilyatori bo‘lib, u veb-ilovalarning ancha tezkor ishga tushirilishini ta’minlaydi. Shuningdek, Google dasturchilari yaqin kelajakda Chrome brauzeriga umumiy samaradorlikni yaxshilovchi yana bir nechta funksiyalar qo‘shishni rejalashtirishgan.

O‘QING: Siz ham ushbu 28 ta kengaytmani yuklab olgan bo‘lsangiz, darhol ularni o‘chirib tashlang!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!