23 iyulda Honor 9X smartfonlari bilan birga yana nimalar taqdim etiladi?

  •   DiMaX
  •  2108
  •  17.07.2019 09:17

23 iyulda Honor 9X smartfonlari bilan birga yana nimalar taqdim etiladi?

Huawei korporatsiyasining subbrendi – Honor keyingi haftaning seshanba kuni taqdimot marosimini o‘tkazadi. Mazkur tadbirning eng kutilayotgan yangiligi – Honor 9X hamda Honor 9X Pro smartfonlaridir.

O‘QING: Huawei o‘z operatsion tizimi uchun umuman yangi nom tanladi

Honor kompaniyasi ushbu taqdimotda smartfonlardan tashqari brendning yangi «aqlli» bilaguzugi hamda noutbukini ham ko‘rsatishini rasman tasdiqladi. Garchi ishlab chiqaruvchi ularning nomlarini aniq aytmagan bo‘lsa-da, so‘nggi sizib chiqqan ma’lumotlarga tayanib, Honor Band 5 fitnes-brasleti va Honor MagicBook Pro ultrabukini kutish o‘rinli.

Honor Band 5 smart-brasletining anonsini Honor bo‘linmasi rahbari Chjao Ming (Zhao Ming) bir haftacha avval e’lon qilib bo‘lgandi. Weibo ijtimoiy tarmog‘ida uning suratini ham ko‘rsatgan va ayrim xususiyatlarini aytgan. Unga ko‘ra, yangi avlod fitnes-bilaguzugi qonning oksigenatsiyasi darajasini, ya’ni, kislorod bilan qanchalik to‘yinganligini ham o‘lchay oladi.

Honor MagicBook Pro haqidagi ma’lumotlar esa mana bu xabarimizda:

O‘QING: Honor MagicBook Pro – romsiz noutbuk: taqdimot kuni, jihatlari va rasmiy videosi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.