23 MPli kameraga ega Sony Xperia XA2 (video)

23 MPli kameraga ega Sony Xperia XA2 (video)

Sony kompaniyasi keyingi oyda Barselona (Ispaniya) shahrida o‘tkaziladigan MWC 2017 ko‘rgazmasida Sony Xperia XA2 (XA 2017) smartfonini namoyish qilishi kutilmoqda. Garchi smartfon hali rasman taqdim etilmagan bo‘lsa-da, internet tarmog‘ida uning ishtirokidagi videolar tarqalib ketishga ulgurdi.

Qurilma 5 dyuymli HD displey, MediaTek Helio P20 protsessori va 21 Mpli asosiy kamera va USB Type-C sloti bilan jihozlanadi. Yangi modelning dizayni avvalroq tarqalgan rasmlarda ko‘rsatilgan tafsilotlarga mos keladi. Uning 23 Mpli kamerasi orqali HDR qo‘llovli 1080r@30fps  formatda video yozish mumkin bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!