2300 dollarlik smartfonni xitoyliklar 5 daqiqadayoq talashib tugatishdi!

  •   DiMaX
  •  2169
  •  08.11.2019 10:45

2300 dollarlik smartfonni xitoyliklar 5 daqiqadayoq talashib tugatishdi!

Samsung kompaniyasining Galaxy Fold modeli, garchi bir qator mashmashalar bilan qayta ishlanib qayta sotuvga chiqarilgan bo‘lsa-da, o‘z xaridorlarini topdi. Hattoki aholisi qashshoq yurtda ham uning ilk partiyasi bir kundayoq sotilib ketganiga nima deysiz!?

O‘QING: Rasman savdoga chiqmagan bu flagmanni allaqachon sotishyapti, lekin... naq 140 000 dollardan!

Bugun – 8 noyabr kuni Galaxy Fold flagmani Xitoyda ham sotila boshladi. Buni qarangki, ertalabki soat o‘nda boshlangan savdo besh daqiqadayoq yakuniga yetdi – xitoyliklar uni talashib xarid qilishdi!

Ushbu buklamafon qayishqoq asosiy ekranga (tashqi tomonida qo‘shimcha displey ham bor) hamda 12/512 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega. Samsung uni xitoyliklarga 2300 dollardan, ikki xil – qora va kumushrang korpuslarda taklif qilgan.

Galaxy Fold buklamafonining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi haqida ma’lumot yo‘q, lekin bu kompaniyaning hozirgacha global bozorga chiqqan bir qator telefonlarini 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: «Jonli» surat Galaxy S11’larning rekordchi jihatini fosh etdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!