2330 dollarlik smartfonning ilk partiyasi xalqi qashshoq yurtda bir kundayoq sotilib ketdi!

  •   DiMaX
  •  3921
  •  05.10.2019 16:56

2330 dollarlik smartfonning ilk partiyasi xalqi qashshoq yurtda bir kundayoq sotilib ketdi!

Hindiston aholisining asosiy qismi qashshoq bo‘lgani uchun, u yerdagi smartfon bozorida asosan hamyonbop va o‘rta narxli modellar ommalashgan. Biroq bu mamlakatda premium gadjetning tezda sotilib ketishini hatto ishlab chiqaruvchining o‘zi ham kutmagandi!

O‘QING: Hindistonni «Jio’lashtirish»: 1,3 milliard aholini BEPUL 4G-aloqa bilan ta’minlab, internetni 5 karra arzonlatgan milliarder!

Samsung kompaniyasi yaqinda qayta sotuvga chiqarilgan Galaxy Fold buklamafoni uchun bir nechta mamlakatda oldindan buyurtma ola boshladi. Buni qarangki, Hindistonda buyurtma hali kecha ochilgan bo‘lsa-da, bugungacha – bir kecha-kunduzda gadjetning birinchi partiyasi sotilib bo‘ldi!

Rasmiy xabarga ko‘ra, Galaxy Fold modeli uchun Hindistonda 2330 AQSh dollariga teng narx belgilangan. Uning birinchi partiyasida 1600 ta, ya’ni – Janubiy Koreyadagi birinchi partiya hajmidan ko‘proq smartfon savdoga qo‘yilgan edi. Buyurtmalar hindistonlik xaridorlarga 20 oktyabrda yetkazib beriladi, betakror flagmanning ikkinchi partiyasi «fillar o‘lkasi»da qachon sotuvga qo‘yilishi hozircha noma’lum.

O‘QING: Eksklyuziv: Samsung endi arzonroq Galaxy Note chiqaradimi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.