24 noyabrda chiqayotgan hamyonbop Xiaomi smartfoni – Poco M3 xususiyatlari va videosi!

  •   DiMaX
  •  2243
  •  23.11.2020 09:30

24 noyabrda chiqayotgan hamyonbop Xiaomi smartfoni – Poco M3 xususiyatlari va videosi!

«Xitoycha Apple» shu payshanba – 26 noyabr kuni Redmi brendi ostida yangi 5G-smartfonlarni taqdim etishini aytgan. Ulardan ikkitasi – Redmi Note 9 5G hamda Redmi Note 9 Pro 5G modellari bo‘lishi ma’lum, lekin uchinchisi aniq emas.

O‘QING: 150 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Redmi Note 9 va Note 9 Pro: aniq taqdimot kuni, narx va xususiyatlari

Shu bilan birga, Xiaomi korporatsiyasi o‘zining hamyonbop devayslar chiqarishga ixtisoslashgan yana bir – Poco (yoki POCOPHONE) brendi ostida boshqa bir smartfonni ham tayyorlagan. Poco M3 deb nomlanayotgan ushbu gadjetni Redmi’ning yangi modellaridan ham oldin, ya’ni 24 noyabrda namoyish qilishadi.

Poco M3 haqidagi ayrim ma’lumotlarni kompaniya allaqachon e’lon qildi. Jumladan, mazkur model Qualcomm Snapdagon 662 protsessori bazasiga qurilgan:

Insayderlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Poco M3 tezkor xotirasi 4-8 gigabaytlik, doimiy xotirasi esa 64-256 gigabaytlik variantlarda taklif etiladi.

O‘QING: Xiaomi yangi rekordi bilan Realme’ni «joyiga o‘tirg‘izib» qo‘ydi!

Ikkinchi tizer esa Poco M3 ekranining o‘lchami diagonaliga 6,53 dyuymlik ekanidan va uning yuqori qismida old kamera uchun tomchisimon o‘yiq mavjudligidan dalolat bermoqda:

Xiaomi ushbu smartfonida barmoq izi datchigini korpusning yon qirrasiga o‘rnatmoqda. Uning akkumulyatori esa 6000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega bo‘lyapti.

O‘QING: Yangi hamyonbop – 7000 mAh batareyali Samsung smartfonini har tomonidan tomosha qilamiz!

Poco M3 bosh kamerasining uch modulli ekanligini rasmiy videorolikda ko‘rsatishgan:

Bu qurilma bosh kamerasining asosiy sensori 48 megapiksellik, selfi-kamera sensori esa 8 megapiksellik bo‘lishini aytishmoqda. Poco M3 haqidagi yangiliklardan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Global bozordagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga jami 76 ta barqaror MIUI 12 proshivkalari chiqdi (to‘liq ro‘yxat)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!