240 Vt tezlikda quvvatlanadigan smartfon global bozorga qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi!

240 Vt tezlikda quvvatlanadigan smartfon global bozorga qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi!

Realme yaqinda o'zining GT Neo 5 smartfonini rekord darajadagi zaryadlanish tezligi bilan Xitoyda taqdim qilgan edi. Endilikda kompaniya ushbu smartfonni global bozor uchun taqdim qilishni rejalashtirgan ko'rinadi.

Realme kompaniyasi o'zining rasmiy Twitter sahifasida "realme GT3" nomli smartfonini 28-fevral kuni MWC 2023 tadbirida taqdim qilishini e'lon qildi. Ulashilgan poster smartfon 240 Vt tezlikda zaryad olishini tasdiqlaydi. Shuningdek, tizer suratda qurilma renderini ham ko'rish va u quyib qo'ygandek Realme GT Neo 5 smartfoniga o'xshaydi. Qisqasi, gap nima haqida ketayotganligini tushundingiz: Realme o'zining GT Neo 5 smartfonini "realme GT3" nomi ostida global bozorga taqdim qilishni rejalashtirgan.

Realme GT Neo 5 smartfoni 240 Vt tezlikda quvvatlanishi bilan birga orqa tomonida bozordagi boshqa smartfonlarda deyarli uchramaydigan noodatiy LED chirog'iga ega va u smartfon holatiga qarab 25 xil rangda yonib o'chadi. Agar smartfon shunchaki nomi o'zgargan holda Xitoydan tashqariga chiqadigan bo'lsa uning texnik xususiyatlarini bilib qo'yish zarar qilmaydi:

  • 6.74 dyuymli, 144 gerts yangilanish tezligiga ega OLED ekran;
  • Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti, hamda, maksimal 16 GB/1 TB xotira;
  • 240 Vt tezlikda quvvatlanadigan 4600 mA/soat batareya 
  • Android 13 ga asoslangan Realme UI 4.0
  • 50+8+2 MP uchlik orqa kamera va 16 MP selfi kamera

Realme GT Neo 5 (240 Vt) o'z vatanida boshlang'ich 472 dollar atrofida taqdim qilingan edi. 

O'QING: O‘zbekistonda Galaxy S23 smartfonlari sotuvi boshlandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!