24–25 may kunlari Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlari va boshqa devayslarini 40% gacha chegirma bilan olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1970
  •  22.05.2021 09:29

24–25 may kunlari Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlari va boshqa devayslarini 40% gacha chegirma bilan olish mumkin!

AliExpress onlayn savdo platformasining Rossiyaga mo‘ljallangan Tmall internet-do‘konida «Xitoycha Apple» mahsulotlari uchun aksiya e’lon qilindi. Uning doirasida Xiaomi ekotizimiga kiruvchi turli gadjetlar uchun 40 foizgacha chegirmalar taqdim etiladi.

O‘QING: Eng ko‘p sotilgan va eng ko‘p daromad keltirgan smartfonlar: ikkala reytingda ham ilk to‘rtta o‘rin bitta kompaniyaniki!

«Zo‘r yangilari supernarxlarda» («Krutie novinki po supersenam») deb nomlangan ushbu aksiya doirasidagi chegirmalar faqat 2021 yilning 24 va 25 may kunlari amal qiladi.

Bunda eng katta arzonlashuv Redmi Note 10 smartfoni xaridida amal qiladi – barcha chegirmalar va kuponlardan foydalangan holda, uning tezkor/ichki xotirasi 4/64 gigabaytlik variantini odatdagidek 18 990 rublga emas, balki 11 590 rublga olsa bo‘ladi.

Aksiya doirasida 8/256 gigabaytlik Poco X3 Pro modelini 26 990 rubl o‘rniga 21 990 rublga, asli narxi 14 490 rubl bo‘lgan 4/128 gigabaytlik Poco M3 smartfonini esa 11 790 rublga olish mumkin. Shuningdek, boshqa turli devayslarga ham chegirmalar e’lon qilingan.

Demak, hozir Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz rasmiy saytdagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tib, chegirmalardan foydalansalar bo‘ladi. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda ushbu mamlakatda bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘yishingiz mumkin.

O‘QING: Quvvati ikki kunga yetuvchi POCO M3 Pro 5G chiqdi: brendning birorta Xiaomi yoki Redmi smartfoniga o‘xshamagan ilk modeli!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!