25 foiz megabayt qo‘shib beriladigan aksiya muddati 6 sentyabrgacha uzaytirildi!

  •   DiMaX
  •  1974
  •  06.08.2020 18:05

25 foiz megabayt qo‘shib beriladigan aksiya muddati 6 sentyabrgacha uzaytirildi!

Mobiuz aloqa operatori 2020 yilning 6 iyul sanasidan oylik internet-to‘plamlar uchun «MEGAbaytlar +25%» aksiyasini e’lon qilgan edi. Uning doirasida abonentlar internet-to‘plamlarni xaridida o‘sha to‘plamdagi megabaytlar hajmining 25 foizi miqdorida qo‘shimcha trafikka ega bo‘ladilar.

O‘QING: «1+1 (daqiqalar + SMS)» aksiyasi: SMS-to‘plamni sovg‘aga oling!

Kompaniyaning rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, «MEGAbaytlar +25%» aksiyasining amal qilish muddati uzaytirilmoqda. Endi Mobiuz abonentlari avval belgilanganidek 6 avgustgacha emas, balki yana bir oy – 6 sentyabrgacha undan foydalanishlari mumkin.

To‘plamga kiritilgan trafik hajmi 30 kun muddatga taqdim etiladi. Faollashtirilgan internet-to‘plamdagi megabaytlar qoldig‘ini bilish uchun *102# USSD-buyrug‘idan foydalanish yoki 616019 raqamiga 3 sonini yuborish kerak.

Ushbu aksiyaning shartlari bilan batafsil tanishish uchun mazkur havola orqali operator saytidagi tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: «O‘zbektelekom»ning nayrangini dasturchi fosh etdi!