25 maygacha «IKKI KARRA INTERNET» olishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  7350
  •  20.04.2021 17:31

25 maygacha «IKKI KARRA INTERNET» olishingiz mumkin!

Uzmobile uyali aloqa operatori GSM tarmog‘ining ishga tushirilishining 6 yilligi munosabati bilan UZTELECOM o‘z abonentlari uchun bayram aksiyasini taqdim etgan edi. «O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyati endi o‘ta hamyonbop va ikki karra ko‘proq hajmga ega internet-to‘plamlar beriluvchi «Ikki karra Internet» aksiyasini e’lon qildi.

O‘QING: Mobil operatordan «BAHORGI ChEGIRMALAR» aksiyasi: 80 foizgacha tejang!

2021 yil 20 apreldan 25 maygacha bo‘lgan davrda GSM standartidagi UZTELECOM mobil aloqa operatori abonentlari 500, 1 500 va 3 000 MB nominal qiymatlariga ega bo‘lgan cheklangan aksiya doirasida Internet-paketlardan birini qulay narxlarda ulab, 2 karra ko‘proq Internet-trafik olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar! Shunda 1 500 MB uchun to‘lovni amalga oshirsangiz, buning evaziga ikki baravar ko‘proq, ya’ni 3 000 MB olasiz – bu «Ikki karra Internet» aksiyasining ajoyib xususiyatidir!

Aksiyada quyidagi tarif rejalarga ulangan GSM tarmog‘i abonentlari (jismoniy va yuridik shaxslar) ishtirok etishlari mumkin:

JISMONIY ShAXSLAR UChUN:

«Aloqachi», «Yoshlar», «Oddiy 10», «TA‘LIM», «MAKTAB», «Street», «OnLime», «Flash», «Ishbilarmon», «Street Upgrade», «Flash Upgrade», «C1», «C2», «C3», «C4», «E‘ZOZ», «Salom», «Salom Plus», «Step», «Traffic», «Uzmobile 1200», «Uzmobile 4000», «Constructor», «Uzmobile VIP», «Komfort».

YuRIDIK ShAXSLAR UChUN:

«Xizmat 1/2/3», «Business Voice/25/35/50/70», «Budget basic», «Prosto 10», «Budget 400», «Ta'lim for corporate», «Budget 1500», «Ishbilarmon», «C1», «C2», «C3», «C4», «Salom», «Salom Plus», «Step», «Traffic», «Uzmobile 1200», «Uzmobile 4000», «Business 500», «Business 2500», «Constructor», «Uzmobile VIP».

O‘QING: Sakkizta tarif rejasida abonent to‘lovi oshmasdan, limitlar ko‘paydi!

Shuni ta’kidlash kerakki, mazkur aksiyaga UZTELECOM savdo ofislarida yoki Call-Cyenter operatorlari yordamida, maxsus USSD-so‘rov yoki SMS-xabar yuborish orqali ulanish mumkin. Ushbu Internet-paketlarga agentlik shartnomasi asosida savdo shoxobchalari orqali ulanish mumkin emas.

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun paketni faollashtirish:

Internet-paketni faollashtirgandan so‘ng, operator tomonidan har bir abonentga to‘plam ulanganligi va uning holatini tekshirish usuli to‘g‘risida SMS-xabar keladi.

 Aksiya yuzasidan batafsil ma’lumotni mazkur havola orqali olish mumkin.

O‘QING: Yana bir operatordan ikkita aksiya: tungi internetga chegirmalar hamda tarif almashtirishda bonus va sovg‘alar!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.