25 yillik nostalgiya: Sony qayta chiqarilgan PlayStation Classic’ni 100 dollardan sota boshladi!

  •   DiMaX
  •  1242
  •  04.12.2018 13:06

25 yillik nostalgiya: Sony qayta chiqarilgan PlayStation Classic’ni 100 dollardan sota boshladi!

Bugungi kunda o‘yin konsollarining turlari va funksiyalari ko‘p, umuman, o‘yin sanoati ancha rivojlangan. Lekin o‘tgan asrning 90-yillarida geymerlar uchun asosiy pristavka Sony PlayStation bo‘lgan.

O‘QING: Sony PlayStation Classic pristavkasi uchun o‘yinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Yapon kompaniyasi bundan 25 yil avval taqdim etilgan original PS 1’ning qayta ishlangan versiyasi – Sony PlayStation Classic konsolini taqdim etayotgani haqida yozganmiz.

Aytish kerakki, Sony afsonaviy konsolning aynan o‘zini qayta ishlab chiqarmayapti. Qayta nashrda uning o‘lchami 45 foizga ixchamlashgan, shuningdek, korpusga HDMI va USB portlar o‘rnatilgan. Qulaylik maqsadlarida xotira kartasi ham joriy etilgan – unga o‘yinlarning ayni paytdagi holatini saqlab qo‘yish mumkin. Ammo pristavkaning dizayni va kontrollerlari o‘sha-o‘sha – xuddi 1990-yillardagi ko‘rinishda.

Qayta ishlab chiqarilgan PlayStation Classic uchun 99,99 dollar so‘ralmoqda. Uning jamlanmasida konsol bilan birga ikkita original joystik hamda 20 ta oldindan o‘rnatilgan o‘yin mavjud. Ular qatoriga Final Fantasy VII, Rayman, Grand Theft Auto, Resident Evil Director’s Cut hamda Tekken 3 singari xit o‘yinlar ham bor.

Saytimizning internet-do‘koni – Terashop.uz’da esa so‘nggi modeldagi – Sony PlayStation 4 500GB pristavkasini 3 385 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin.

O‘QING: O‘tmishga nazar: Sony qanday yaratilgan?