250 dollarlik Redmi Note 7 Pro: beshta kamera, 6 dyuymlik ekran, Snapdragon 710 chipi va 4200 mA/soatlik batareya!

  •   DiMaX
  •  6241
  •  03.12.2018 10:08

250 dollarlik Redmi Note 7 Pro: beshta kamera, 6 dyuymlik ekran, Snapdragon 710 chipi va 4200 mA/soatlik batareya!

Shu kunlarda Xiaomi kompaniyasi bir nechta modeldagi telefon ustida ishlamoqda: Mi Mix 3S, Mi 9 hamda Mi 8S flagmanlari, Mi Note 4 fableti va inqilobiy – Mi Mix Flex buklama smartfoni. Shuningdek, u hamyonbop turkumidagi Redmi 7, Redmi 7 Pro va yana bitta sirli modelini ham tayyorlamoqda. Yana...

O‘QING: Xiaomi’ning ikki ekranli smartfoni: Snapdragon 8150 chipi va uch modulli kamera!

Bulardan tashqari, endi hamyonbop turkumga mansub Redmi Note 7 Pro xususida ham ma’lumot chiqdi. Snapdragon 710 protsessorli mazkur fablet uch modulli asosiy kameraga ega bo‘lishi aytilayotir. Bular – 16, 5 va 2 megapikselli (diafragmalari tegishlicha f/1,7, f/2,2 va f/1,7) ob’yektivlardir.

Shuningdek, ushbu smartfonning old kamerasi ham juft modulli bo‘lib, 20 va 4 megapikselli datchiklarni o‘z ichiga olishi aytilmoqda.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari bunchalik ommabopligining 5 sababi

Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 7 Pro modelini diagonali 6,04 dyuymlik ekran bilan ta’minlaydi. «Kemtik»li displeyning tasvir aniqligi esa Full HD+ formatida bo‘lishi kutilmoqda. Yana bu ekranga barmoq izi skaneri ham tatbiq etilishi aytilganki, mazkur texnologiya hamyonbop smartfon uchun sal... «og‘irlik qilishi» aniq.

Yangi hamyonbop planshetofon 6-8 gigabaytlik tezkor va 128-256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega bo‘lishini aytishgan, ammo bunga ishonish qiyinroq. Android 9.0 Pie operatsion tizimli ushbu qurilmaning 4200 mA/soatlik akkumulyatori esa simsiz quvvatlana oladi. Shunga ko‘ra, Redmi Note 7 Pro korpusining orqa qopqog‘i shishadan ishlanishi kutilmoqda. Darvoqe, mazkur smartfon qora, kumushrang va pushti tuslardagi korpuslarda ishlab chiqarilishi aytilmoqda.

Redmi Note 7 Pro modelining boshlang‘ich konfiguratsiyali versiyasi 250 dollarga narxlansa, yuqori varianti uchun 350 dollari so‘raladi. «Xitoycha Apple»ning boshqa bir qator smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 3 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!