256 MPlik kamerali ilk smartfonni kim tayyorlaganini bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  3827
  •  13.01.2020 12:31

256 MPlik kamerali ilk smartfonni kim tayyorlaganini bilasizmi?

2019 yil oktyabrning boshida Xiaomi o‘zining Mi Note 10 hamda Mi Note 10 Pro fabletlarini namoyish etgan edi. Bular – bosh kamerasida naq 108 megapiksellik sensor (Samsung ISOCELL Bright HMX datchigi) qo‘llangan dunyodagi ilk smartfonlardir.

O‘QING: Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Bugungi kunga kelib smartfon kamerasidagi 108 megapiksellik datchik kishilarni aytarli hayratga solmay qo‘ydi. Lekin xitoyliklar allaqachon keyingi bosqichga ko‘tarilishdi – internetda 256 megapiksellik kamerali birinchi smartfonda olingan skrinshot tarqaldi!

To‘g‘ri, smartfonda chorak milliard piksellik kameraga ehtiyoj bor-yo‘qligi – alohida masala, ammo shunaqa model (yoki hali prototip) allaqachon yaratilganini yuqoridagi rasm isbotlab turibdi. Skrinshotda kamera ilovasining 256 MPlik rejimi aniq aks ettirilgan; yuqorisidagi xitoycha yozuv ham «super-aniq 256 MPlik rejim»ni anglatadi.

Mazkur suratni xitoylik taniqli insayderlardan biri e’lon qilgan, ammo uning aynan qaysi modeldagi smartfon ekanini aytmagan. Lekin interfeysiga e’tibor berilsa, uning Xiaomi smartfoni ekanini anglash uncha qiyin emas.

O‘QING: DxOMark: Bu hamyonbop smartfon kamera bobida Nokia 9 PureView flagmaniga teng!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!