26 dekabr – personal kompyuter “Yil odami” deb e’lon qilingan sana

26 dekabr – personal kompyuter “Yil odami” deb e’lon qilingan sana

1982 yilning 26 dekabr sanasida mashhur Time jurnali personal kompyuterni  “Yil odami” deb e’lon qildi. Bunday nom 1927 yilda ushbu jurnalga asos solingandan beri birinchi marotaba odamga emas, balki mashinaga berilayotgan edi. Jurnal bunday qarorni 1982 yilda aynan kompyuter millonlab odamlarning turmushiga ta’sir ko‘rsatgani bilan izohlagan, deb yozadi Ferra sayti.

Jurnalda nashr qilingan mavzuga doir maqolada, jurnal personal kompyuterlarni (ular telefon orqali tarmoqlarga birlashganda) chegarasiz imkoniyatlarga ega deb e’tirof qilgan. Qizig‘i, o‘sha paytda Internet asosini tashkil qiladigan TCP/IP texnologiyasi hali ishlanma bosqichida bo‘lgan edi, xolos. WWW tarmog‘i esa ushbu voqeadan 11 yil o‘tibgina yaratiladi.

Aslida 1982 yilda Time jurnali versiyasi bo‘yicha Stiv Jobs (Apple kompaniyasi asoschisi) yil odami deb tanlanishi kutilgan edi, biroq jurnal bunday maqomga personal kompyuterni loyiq ko‘radi 🙂