27 sentyabrdan mana shu smartfonlarda ommabop servislar ishlamay qoladi

  •   DiMaX
  •  1950
  •  02.08.2021 17:26

27 sentyabrdan mana shu smartfonlarda ommabop servislar ishlamay qoladi

Google kompaniyasi nisbatan eski talqindagi Android operatsion tizimli qurilmalarda o‘z servislariga kirishni cheklamoqda. Shu yilning 27 sentyabridan ularda Gmail, YouTube, Google Xaritalar (Google Maps) va qidiruv gigantining boshqa ko‘plab mahsulotlaridan foydalanib bo‘lmaydi.

O‘QING: Google Maps’dagi arvohli o‘rmon surati foydalanuvchilarni cho‘chitib yubordi

Rasmiy xabarga ko‘ra, Android 2.3.7 va undan oldingi versiyalarga mansub operatsion tizimda ishlayotgan smartfonlarda Google akkauntiga kirib va servislardan foydalanib bo‘lmay qoladi.

Google kompaniyasi, agarda qurilmani Android 3.0 va undan keyingi talqingacha yangilash imkoni bo‘lsa, 27 sentyabrgacha buni amalga oshirishni tavsiya etmoqda. Agarda buning iloji bo‘lmasa, keyin Google akkauntingizga bevosita ilovalardan emas, balki o‘sha devaysingizdagi veb-brauzerdan kirishingiz mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlash kerakki, Android 2.3.7 operatsion tizim talqinining chiqqaniga salkam o‘n yil bo‘lib qoldi. Samsung Galaxy S II, Motorola XT532 hamda Sony Xperia NX kabi qurilmalar shu versiya bilan taqdim etilgan edi.

O‘QING: Google allaqachon Android 13’ning «shirin» nomini fosh etdi (+barchasining ro‘yxati)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!