28 dekabrdanoq MIUI 12.5 proshivkasi keladigan 23 xildagi Xiaomi va Redmi smartfonlari

  •   DiMaX
  •  2795
  •  28.12.2020 11:10

28 dekabrdanoq MIUI 12.5 proshivkasi keladigan 23 xildagi Xiaomi va Redmi smartfonlari

«Xitoycha Apple» oraliq talqindagi – MIUI 12.5 grafik qobig‘ini chiqarishi ma’lum; undagi ayrim o‘zgarishlar ro‘yxati bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin. Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga uning Yangi yil bayramigacha taqdim etilishi aytilgan edi, lekin...

O‘QING: Xiaomi ishqibozlari uchun ikkita noxush xabar

Kompaniya yaqinda Xiaomi Mi 11 hamda Mi 11 Pro modelining, yana 108 MP kamerali eng arzon smartfonning taqdimot kunlarini rasman aytgan edi. Unga ko‘ra, flagmanlarning namoyishi bugun – 28 dekabrda bo‘lib o‘tadi va, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, MIUI 12.5 grafik qobig‘i ham shu tadbirda taqdim etiladi.

Xiaomi allaqachon MIUI 12.5 proshivkasining qaysi modellardagi smartfonlarga birinchi bo‘lib tarqatilishini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan:

  1. Xiaomi Mi 10 Lite;
  2. Xiaomi Mi 10;
  3. Xiaomi Mi 10 Pro;
  4. Xiaomi Mi 10 Ultra;
  5. Xiaomi Mi 9;
  6. Xiaomi Mi 9 SE;
  7. Xiaomi CC9e;
  8. Xiaomi Mi A3;
  9. Xiaomi CC9 Pro;
  10. Xiaomi Mi Note 10.
  11. Redmi K20 Pro;
  12. Redmi Note 7;
  13. Redmi Note 7 Pro;
  14. Redmi K30;
  15. Redmi K30 Pro;
  16. Redmi K30 5G;
  17. Redmi K30i 5G;
  18. Redmi K30S Extreme Edition;
  19. Redmi K30 Extreme Edition;
  20. Redmi K20;
  21. Redmi 10X 5G;
  22. Redmi 10X Pro;
  23. Redmi Note

Ushbu rusumlardagi mobil qurilmalar bugungi taqdimotdan keyinoq MIUI 12.5 grafik qobig‘ining beta-versiyalarini o‘rnatib, test qila boshlashlari mumkin bo‘ladi. Tabiiyki, bu yerda proshivkaning hozircha Xitoydagi foydalanuvchilarga tarqatilishi haqida gap ketmoqda. Lekin uning yakuniy versiyasi ham, vaqti kelib global bozorda ham birinchi bo‘lib shu smartfonlarga tarqatilishiga shubha yo‘q.

MIUI 12.5 so‘ngroq tarqatiladigan jami 80 xildagi smartfon ro‘yxati bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin. Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: 108 MP ham ommabop Xiaomi flagmaniga naf bermadi, lekin u baribir Galaxy Note 20 Ultra’lardan yuqorida!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!