28 iyunda namoyish etiladigan Galaxy Watch 4 ilk rasmiy suratlarda
Samsung kompaniyasi 2018 yilgi original Galaxy Watch smart-soatidan so‘ng, uning navbatdagi – 2020 yilda chiqqan modelini Galaxy Watch 3 deb atagan. Nomlar ketma-ketligiga amal qilinmaganligining sababi – agar uni Galaxy Watch 2 deb nomlasa, Galaxy Watch Active 2 bilan chalkashtirishlari mumkin edi.
O‘QING: Haqiqiy Samsung fanati bo‘lish sizga qanchaga tushadi?
Uning davomchisi – Samsung Galaxy Watch 4 modelining taqdimoti esa bu yilning 28 iyuniga belgilangan. Rasmiy namoyishiga oz qolganida, insayderlar ushbu qurilmaning rasmiy render suratlarini e’lon qilishdi.
Rasmlardan ko‘rishimiz mumkinki, Galaxy Watch 4 metall korpusga hamda to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ikkita tugmachaga ega.
Aqlli soatning orqa tomonida esa yurak urishi chastotasini o‘lchovchi datchikka ko‘zimiz tushadi.
O‘QING: 20 yoshli ayolning qotilini «aqlli» soat va smartfon topib berdi
Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Samsung Galaxy Watch 4 xaridorlarga ikki xil – diametri 40 va 44 millimetrlik korpuslarda taklif etiladi.
Samsung bu mahsulotini giroskop, akselerometr, kompas, Wi-Fi b/g/n hamda Bluetooth 5.0+LE adapterlari hamda SpO2 datchigi bilan ta’minlaydi. Ayrim mish-mishlarga ko‘ra, mazkur smart-soatda yangicha funksiya – tanadagi yog‘ foizini aniqlash imkoni ham bo‘ladi.
O‘QING: 4G chipli, videoqo‘ng‘iroq funksiyali smart-soat 58 dollardan sotuvga chiqdi!