28 xil Xiaomi va Redmi smartfoniga hoziroq «global» MIUI 12 proshivkasini yuklab olishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  6320
  •  04.05.2020 11:24

28 xil Xiaomi va Redmi smartfoniga hoziroq «global» MIUI 12 proshivkasini yuklab olishingiz mumkin!

MIUI 12 grafik qobig‘i taqdim etilganidan keyingi bir sutkadayoq uni milliondan oshiq Xiaomi va Redmi smartfonlariga yuklab olishgan. Undagi «super oboy»lar tushadigan smartfonlar ro‘yxatini hamda «jonli oboy»larni yuklab olish uchun havolalarni e’lon qilganmiz.

O‘QING: 33 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga hoziroq MIUI 12 o‘rnata olasiz! (tayyor havolalar)

Kompaniya faqat xitoydagi smartfonlari uchun MIUI 12 test proshivkasini tarqatgan bo‘lsa, Xiaomi.EU dasturchilar jamoasi uni «globallashtirib» chiqdi. Ya’ni, ko‘ngilli dasturchilar Xiaomi va Redmi smartfonlari uchun tayyorlangan xitoycha versiyadagi proshivkalarni olib, ulardagi mahalliy bozorga mo‘ljallangan ilovalarni o‘chirishgan, Google servislarini va ko‘plab tillarni (shu jumladan rus tilini ham) qo‘shishgan. Natijada sinov uchun norasmiy MIUI 12 global proshivkasi tayyor bo‘lgan.

Ushbu dasturiy ta’minot mahsulotlari quyidagi smartfonlar uchun tayyorlangan:

  1. Xiaomi Mi 6
  2. Xiaomi Mi 6X
  3. Xiaomi Mi 8
  4. Xiaomi Mi 8 Explorer Edition
  5. Xiaomi Mi 8 Lite
  6. Xiaomi Mi 8 Pro
  7. Xiaomi Mi 8 SE
  8. Xiaomi Mi 9
  9. Xiaomi Mi 9 Pro 5G
  10. Xiaomi Mi 9 SE
  11. Xiaomi Mi 10
  12. Xiaomi Mi 10 Pro
  13. Xiaomi Mi CC9e
  14. Xiaomi Mi CC9/Mi 9 Lite
  15. Xiaomi Mi Max 3
  16. Xiaomi Mi Mix 2
  17. Xiaomi Mi Mix 2S
  18. Xiaomi Mi Mix 3
  19. Xiaomi Mi Note 3
  20. Xiaomi Mi Note 10/CC9 Pro
  21. Xiaomi Redmi K20/Mi 9T
  22. Xiaomi Redmi K20 Pro/Mi 9T Pro/Premium Edition
  23. Xiaomi Redmi K30
  24. Xiaomi Redmi K30 5G
  25. Xiaomi Redmi Note 5 CN/5 Pro (Dual Cam)
  26. Xiaomi Redmi Note 7
  27. Xiaomi Redmi Note 7 Pro
  28. Xiaomi Redmi Note 8

Yuqorida ko‘rsatilgan modellardagi smartfonlarga norasmiy MIUI 12 global proshivkalarini ushbu havola orqali SourceForge yoki mana bu havola yordamida AndroidFileHost resurslaridan ko‘chirib olish mumkin. Ammo ularni faqat TWRP usuli orqali o‘rnatish mumkin. Bunda smartfoningiz rasmiy kafolatdan mahrum bo‘ladi, shuningdek, qayta proshivkalash natijasi uchun o‘zingiz mas’ulsiz.

O‘QING: MIUI 12’dagi Super Wallpaper’larni istalgan Android-smartfonga o‘rnata olasiz! (tayyor havola + «jonli» video)