28-yadroli Xeon hamda Core i: Intel yangi protsessorlarini namoyish qildi

  •   Saroy
  •  746
  •  09.10.2018 15:28

28-yadroli Xeon hamda  Core i: Intel yangi protsessorlarini namoyish qildi

Intel kompaniyasi Computex ko‘rgazmasida o‘zining Xeon 28-yadroli protsessorlar lineykasini namoyish qildi. Ushbu chiplar birinchi navbatda kontent yaratuvchilar uchun mo‘ljallangan. Ularni masalan, grafika va animatsiyalarni qayta ishlash uchun hisoblash mashinalariga o‘rnatsa bo‘ladi.

Xeon W-3175X protsessori Skylake / Cascade Lake arxiteturasiga asoslanadi.  Turbo-rejimda u 4,3 GGs chastotasigacha tezlikni oshiradi. Chipda  blokdan yechilgan mnojitel mavjud, shu bois uning tezligini yanada kuchaytirish mumkin. Namoyishda Intel uni 5 GGs’gacha tezlashtirdi. Ushbu rejimda u Cinebench benchmarkada  7334 ball to‘pladi. Bu o‘zining raqibi bo‘lgan  32 yadroli AMD Threadripper’dan  2300 ballga ko‘pdir.  

O‘QING:AMD Intel’ni ortda qoldiradimi? Shunday bo‘lishi mumkinmi?

Chip yangi LGA3647 formatida bajarilgan, Asus va Gigabyte kompaniyalari allaqachon hamkorlikda  asosiy platani ishlab chiqarishni ma’lum qilishgan. Issiqning tarqalish darajasini ko‘rsatib turuvchi TDP’ning maksimal koeffitsiyenti   265 Vt’ga teng. Bunday  protsessor jiddiy sovutish tizimini talab etadi.

Kompaniyaning  ma’lum qilishicha, protsessor dekabr oyida sotuvga chiqariladi. Narxi hozircha noma’lumligicha qolmoqda, lekin ayrim ekspertlarning aytishicha, u shu vaqtgacha eng qimmat chip hisoblangan 18 yadroli Xeon’dan  qimmat bo‘ladi, u  2000 dollardan sotilayotgan edi.

O‘QING:Intel'ni ortda qoldirmoqchi bo‘lgan brend

Shu bilan birga Intel  Xeon darajasidagi ish samaradorligini talab etmaydigan uy kompyuterlari uchun   Core i protsessorlarining to‘qqizinchi avlodini ham namoyish qildi. Unga Optane xotira texnologiyasi qo‘shimcha ravishda o‘rnatilgan, qolaversa yadrosi ham ko‘paytirildi, Core i9 flagmanida u bir yo‘la  18 taga ko‘paygan.

Shunga qaramay,  kompaniya yangi texprotsessga o‘ta olmadi. Oldindan buyurtma berish allaqachon ochilgan, sotuvga chiqarish esa  19 oktyabrga mo‘ljallangan. Dastlabgi xabarlarga qaraganda, i5-9600K (3,7 GGs) — 262 dollar, i7-9900 — 488 dollar, i7-9800X  — 589 dollar va i9-9980XE — 1979 dollar turadi.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!