29 avgustda Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 8 hamda Redmi TV’dan tashqari yana nimani taqdim etyapti?

  •   DiMaX
  •  1330
  •  26.08.2019 17:11

29 avgustda Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 8 hamda Redmi TV’dan tashqari yana nimani taqdim etyapti?

Xiaomi ushbu haftaning payshanba kuni Redmi Note 8 va Note 8 Pro smartfonlarini, shuningdek, Redmi TV rusumli televizorini namoyish qiladi. Bugun ma’lum bo‘lishicha, ushbu tadbirda yana yangilangan RedmiBook 14 noutbuki ham ko‘rsatiladi.

O‘QING: Redmi o‘zining ilk noutbukini taqdim qildi!

Insayderlar tomonidan tarqatilgan ushbu xabarni ishlab chiqaruvchi ham rasman tasdiqladi – Weibo tarmog‘ida bu haqdagi posterni e’lon qildi. Unga ko‘ra, yangilangan noutbuk 10-avlod Intel Core i7 protsessoriga tayanadi (brendning birinchi noutbukida esa 8-avlod edi). Biroq mazkur chipsetning 10 nanometrlik Ice Lake yoki 14 nanometrlik Comet Lake bo‘lishi hozircha oshkor etilmayotir.

Yangilanayotgan RedmiBook’ning boshqa xususiyatlari hamda tashqi ko‘rinishi avvalgicha qolayotir: metall korpus, yupqa romli 14 dyuymlik Full HD+ displey, 8 yoki 16 GB tezkor xotira, to‘laqonli klaviatura, HDMI, USB 3.0 va USB 2.0 portlari, shuningdek, quloqchin uchun audiotirqish.

Ikkinchi avlod RedmiBook’ning narxi 500-800 AQSh dollari oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli rusumlardagi Asus, Acer, Lenovo, HP va Dell noutbuklarni 2 425 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Noutbuk tanlashda e’tiborga olish kerak bo‘lgan 10 jihat

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.