2x 16GB va 4x 8GB operativ xotiralarning o‘yindagi tezligi taqqoslab ko‘rildi

2x 16GB va 4x 8GB operativ xotiralarning o‘yindagi tezligi taqqoslab ko‘rildi

Testing Games nomli YouTube kanali mutaxassislari 2x 16GB hamda 4x 8GB sig‘imli jami 32GB operativ xotira tezligini CYBERPUNK 2077, Shadow of the Tomb Raider, Battlefield V, Microsoft Flight Simulator, Hitman 3, Red Dead Redemption 2, Mafia Definitive Edition va PUBG o‘yinlarida sinab ko‘rishdi.

O‘QING: Har daqiqada 1733 dollar ishlab topayotgan yetti yillik bu o‘yin sizni ham qiziqtiradi!

CYBERPUNK 2077'da 2x 16 GB xotirali kompyuter o‘rtacha 100 kadr/sek. chastotani qayd etgan bo‘lsa, 4x 8GBda bundan biroz balandroq ko‘rsatkich — 106 kadr/sek. qayd etildi.

Shadow of the Tomb Raider o‘ynida 4x 8GB bilan 202 kadr/sek., 2x 16GBa esa 198 kadr/sek. tezlik kuzatilgan. Kamdan-kam hollarda 4x 8GBning unumdorligi 88 kadr/sek., 2x 16GBniki esa 79 kadr/sek. tushib ketgan.

Battlefield V o‘yni esa 4x 8GBda yaxshiroq o‘ynaladi. Bunda o‘rtacha kadr/sekund yangilanish 193, unumdorlik esa 45 kadr/sek. 2x 16GBda esa bu mos ravishda 190 va 14 kadr/sek.

O‘QING: PUBGB kutilmaganda nomini o‘zgartirdi va bir hafta bepul bo‘ldi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!