3-D printer vositasida stetofonendoskop ishlab chiqariladi

3-D printer vositasida stetofonendoskop ishlab chiqariladi

Kanadada 3-D printer vositasida stetofonendoskop ishlab chiqariladigan bo‘ldi. Tibbiyot xodimlari uchun zaruriy uskunani bunday usulda tayyorlashni kelib chiqishi falastiklik bo‘lgan shifokor Tariq Lubani  taklif qildi.

“Jiyanimning o‘yinchoq stetofonendoskopini ko‘rib qoldim va bunday uskunani plastikdan ham tayyorlash mumkinligi hayolimga keldi”, deydi ushbu tashabbus bilan chiqqan shifokor.

Bunda stetofonendoskopni qanday materialdan ishlangani muhim emas, asosiysi uni 3-D printerda sifatli tayyorlashga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. Hozir Kanadadagi ustaxonalardan birida uncha katta bo‘lmagan printer yordamida stetofonendoskoplar quyilyapti.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bunday usulda tayyorlangan bitta stetofonendoskopning tannarxi 2 dollaru 50 sentdan ortiq bo‘lmaydi. Shu tariqa shifokorlarni arzon tibbiy uskuna bilan ta’minlash imkoniyati yuzaga keladi. Hozir Kanadadda stetofonendoskopni 3-D printer vositasida ommaviy ravishda ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilyapti.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!