3 iyundagi «katta namoyish»ida Apple nimalarni taqdim etyapti?

  •   DiMaX
  •  862
  •  23.05.2019 09:31

3 iyundagi «katta namoyish»ida Apple nimalarni taqdim etyapti?

Kupertinolik korporatsiya dasturchilarga mo‘ljallangan Worldwide Developers Conference konferensiyasining bu yilgisini 3–7 iyun kunlari o‘tkazishi haqida yozganmiz. Apple odatda boshqa texnologik kompaniyalar qatnashadigan yirik ko‘rgazmalarda ishtirok etmasdan, o‘zi alohida anjumanlar o‘tkazadi.

O‘QING: Apple reklamani «ilib qo‘ydi»: u CES 2019 qatnashchilarini masxara qilmoqda!

Bu yilgi tadbir – sanoq bo‘yicha o‘ttizinchi WWDC konferensiyasi hisoblanadi. Apple uning birinchi kunida yirik taqdimot tadbirini o‘tkazishini e’lon qildi.

Korporatsiyaning o‘zi ma’lum qilishicha, unda iOS, macOS, watchOS hamda tvOS operatsion tizimlari qay yo‘sinda rivojlantirilishi haqida so‘zlab beradi. Ularning yangi talqinlari – iOS 13, macOS 10.15, watchOS 6 va tvOS 13 ushbu tadbirda namoyish etilishi kutilmoqda.

Shuningdek, premium toifali Mac Pro kompyuteri ham WWDC 2019’da taqdim etilishi mumkin.

O‘QING: Apple’ning eng qudratli kompyuteri – modulli Mac Pro 7.1 xususiyatlari ilk suratda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!