31 iyulgacha internet-to‘plamlarni yarim narxida oling!

  •   DiMaX
  •  1380
  •  22.07.2020 08:24

31 iyulgacha internet-to‘plamlarni yarim narxida oling!

Kechagina Mobiuz (sobiq Universal Mobile SystemsUMS) uyali aloqa operatori «1+1 (daqiqalar + SMS)» aksiyasini e’lon qilgan edi. Bugun, ya’ni 21 iyul kunidan esa u o‘z abonentlariga yana bir qulaylik taqdim etdi.

O‘QING: «MEGAbaytlar + 25%» aksiyasi – endi yanada ko‘proq internet!

Mobiuz abonentlari 2020 yilning 21 iyul sanasidan 31 iyul sanasigacha 2000 va 3000 megabaytlik to‘plamlarni 30 kunga 50% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.

Ya’ni, shu muddat ichida 16 500 so‘m evaziga 2000 MB va 22 500 so‘m evaziga 3000 MB olish imkoni mavjud.

  • 2000 MB xarid qilish uchun *102*0002# tering
  • 3000 MB xarid qilish uchun *102*0003# tering

To‘plamlar soni cheklanmagan, ular faqat jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladi.

O‘QING: Internetdan faol foydalanasizmi? «GAP yo‘q» tarif rejasi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.