31 martgacha «Yorqin kuz»: naq 15 ta tarif rejasida cheksizgacha daqiqa, qo‘shimcha SMS va megabaytlar!

  •   DiMaX
  •  3825
  •  23.11.2020 10:54

31 martgacha «Yorqin kuz»: naq 15 ta tarif rejasida cheksizgacha daqiqa, qo‘shimcha SMS va megabaytlar!

Mobiuz aloqa operatori 30 sentyabr kuni o‘z abonentlari uchun birdaniga ikkita yoqimli xabar e’lon qilgan edi. Bulardan biri «Maktab» nomli yangi tarif rejasi bo‘lsa, ikkinchisi «Yorqin kuz» aksiyasidir.

O‘QING: Uyali aloqa operatori abonent to‘lovisiz «Barcha uchun ovozli pochta» taqdim etdi!

Kompaniya yaqinda «Yorqin kuz» aksiyasining amal qilish muddatini naq 2021 yilning 31 mart sanasigacha uzaytirishini e’lon qilgan. Endi bo‘lsa Mobiuz yana oltita tarif rejasining mazkur aksiyaga qo‘shilishi haqida xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2020 yilning 1 dekabr sanasidan «Omad plus», «GAP yo‘q», «Mobi 20», «Mobi 30», «Mobi 40» va «Mobi 50» tarif rejalaridagi yangi va amaldagi abonentlarga yangilangan SMS-xabarlar va megabaytlar to‘plamlari taqdim etiladi:

«Yorqin kuz» aksiyasiga oldin kiritilgan tarif rejalarida esa cheksiz daqiqalar va oyiga 100 ming megabaytgacha taqdim etilmoqda. Aksiya haqida batafsil ma’lumotni mana bu havola orqali Mobiuz saytidan olishingiz mumkin.

O‘QING: Operatorlarimiz reytingida jiddiy o‘zgarish: endi kimda qancha abonent bor? (+infografik video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.