31 maygacha internet-to‘plamlarni yarim narxida oling!

  •   DiMaX
  •  1832
  •  22.05.2020 15:00

31 maygacha internet-to‘plamlarni yarim narxida oling!

Koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashga yurtimizdagi uyali aloqa operatorlari ham hissa qo‘shishda davom etmoqda. Jumladan, Mobiuz (sobiq Universal Mobile Systems UMS) internet-to‘plamlarga chegirma e’lon qildi.

O‘QING: UzMobile va mobiuz'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tarif rejalari bilan tanishing

Xabarga ko‘ra, 21 maydan 31 maygacha 1000, 2000 va 3000 MBlik to‘plamlarni abonentlar 30 kunga 50% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.

11 000 so‘mga 1000 MB, 16 500 so‘mga 2000 MB va 22 500 so‘mga 3000 MB hajmidagi to‘plam beriladi.

1000 MB sotib olish uchun *102*0001# kodini tering.

2000 MB sotib olish uchun *102*0002# kodini tering.

3000 MB sotib olish uchun *102*0003# kodini tering.

To‘plamlar soni cheklanmagan, ular faqat jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.

O‘QING: Bilayn abonentlarini laqillatgan «ViaMobi» MChJga qarshi ish qo‘zg‘atildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!